» » Shavkat Mirziyoyev Jizzaxda namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan uy-joylarda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi

Shavkat Mirziyoyev Jizzaxda namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan uy-joylarda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumanidagi “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati, profilaktika inspektori yashash joyi bilan tanishib, “Uchtepa” massivida yangilangan namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan uy-joylarda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. 

Davlat rahbarining “2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida barpo etilgan har biri 16 xonadonli 2 ta ikki qavatli va 10 xonadonga mo‘ljallangan 2, 3 xonali, 2 sotix tomorqa va yordamchi inshootlarga ega bitta bir qavatli uyda 42 ta oilaning zamonaviy sharoitlarda yashashi uchun barcha qulaylik yaratilgan. 

Yangi uylar “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘ini kengashi tavsiyasi bilan birinchi navbatda turar joyga ehtiyojmand yosh oilalarga berildi. Uylar yosh oilalarga manzur bo‘lmoqda. 

Mahalla raisi va profilaktika inspektori har kuni har bir oilaning holidan xabardor bo‘lishi kerak.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Prezident xalq bilan muloqot qildi. 

Joriy yilda viloyatda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha 18 massivda 866 uy-joy qurilishi mo‘ljallangan. “Uchtepa” massivida 6 ta 2 qavatli 16 xonadonli arzon uy-joylar qurilishi olib borilmoqda. Mazkur uylar 1-sentabrgacha foydalanishga topshirilishi mo‘ljallangan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-04-2017, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют