» » Mirjalol Qosimov: Qopol xato tufayli gol otkazdik

Mirjalol Qosimov: Qopol xato tufayli gol otkazdik


OKMK futbol klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Coca-Cola Superliga 10-turi doirasida Lokomotivga qarshi oyindan (3:1) keyin oz fikrlari bilan ortoqlashdi.

Chempionat bir tekisda otmayotgani, ikkinchi tomondan tarkibimizda koplab futbolchilar kasal bolib tuzalishi bois barchaning jismoniy holati bir xil emas. Bazi kunlari 11-12 nafar futbolchi bilan mashgulot olib bordik. Lokomotivga qarshi oyinda Vatsadze, Grigalashvili, Zonich, Tursunov asosiy tarkibga kiritilmadi. Abdurahimov ham sogligidagi muammo bois birinchi bolimda almashtirildi. Bunday katta tanaffuslarda tayyorlanish qiyin, endi 29-avgustgacha yana uchta oyin bor. Kimdir tiklanadi, kimnidir jismoniy holatini kotaramiz.

Jamoaning kayfiyati yaxshi. Birinchi bolimda qopol xato tufayli gol otkazdik. Bu narsa istalgan futbolchi bilan sodir bolishi mumkin. Tanaffusda ham yigitlarga tayinladim, dostingiz uchun oynanglar deb. Ikkinchi bolimda yigitlar ozlari uchun ham, Dilshod uchun ham oynashdi. Bu oz samarasini berdi.

Barcha klublar Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga otkazilmoqda? Bu narsa nima bilan tugashini tushunmayapman. Futbol jurnalistlari va mutaxassislar bu haqda yozmoqda. Ertaga qilayotgan ishlarimiz nolga teng bolsa bu yaxshi bolmaydi. Nafaqat murabbiylar, futbolchilar, umuman ozbek futboliga tasir qiladi. Sport bu kurashish va nimagadir intilish. Buni yuristlar OFK vakillari bilan togri yolga qoyish kerak.

Bir inson yoki bir tashkilot bir nechta klublarni boshqarishi mumkin emas, buni bilamiz. Ammo hujjatlarni organib chiqish kerak. Vaqtida korib chiqish shart. Aks holda bu terma jamoaga ham tasir qiladi. Agentlikka otdi va ketdi deyish oson. Lekin qoyilgan maqsadlar bor. Murabbiy sifatida OChLga harakat qilmasam sport prinsipi nima boladi?

Ikkinchi qavatga chiqish uchun dastlab birinchi qavatga chiqish kerak. Maglubiyatsiz seriya ortida mehnat, ishtiyoq yotibdi. Jamoaning, rahbariyatning, futbolchilarning, qorovuldan boshlab katta rahbargacha barchaning mehnati bor. Toqqizta turda maglub bolmaslik oziga xos kichik tarix, unga yana bitta oyin qoshishni istadik. Hech kim sizning qanday kiyim kiyganingizni yoki qancha mukofot puli olganingizni eslamaydi, arxivni ochganda jamoa natijalarini koradi. Futbolchilar oz kasbidan rohatlanishi kerak. Lekin futbol shundayki, otgan kuni Manchester Siti futbolchisi 4 metrdan gol ura olmadi. Futbol shunisi bilan qiziq. Shu bois galabalardan xursandman, agar seriyamiz davom etsa qilgan mehnatlarimiz bekorga ketmagan boladi

Mirjalol Qosimov, OKMK bosh murabbiyi

OKMK 10-turga kelib 24 ochko bilan birinchi orinda bormoqda. Olmaliqliklar 11-turda Andijonga qarshi bahs yuritadi.

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @Daryo_Sport24ga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (18-08-2020, 10:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -