» » O‘zbekistonda yanvar—iyul oylarida 48,8 trln so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi

O‘zbekistonda yanvar—iyul oylarida 48,8 trln so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi


O‘zbekistonda 2020-yilning yanvar—iyul oylarida jami 48,8 trillion so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2019-yilning shu davriga nisbatan 5,7 foizni tashkil etdi, deb xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.

Qayd etilishicha, qurilish ishlari hajmi yirik qurilish tashkilotlari, kichik korxona va mikrofirmalar hamda norasmiy sektorlarda amalga oshirilgan ishlar tarkibi bo‘yicha shakllanadi.

Amalga oshirilgan qurilish ishlari mulkchilik shakli, davlat va nodavlat bo‘lgan korxona va tashkilotlar tarkibi bo‘yicha bo‘linadi.

Ta’kidlanishicha, qurilish sohasida korxona va tashkilotlar soni 2020-yilning 1-avgust holatiga ko‘ra, 39,1 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,1 mingtaga oshgan.

Jami qurilish sohasidagi korxona va tashkilotlar soni ko‘payishining asosiy omili bu bino va inshootlar qurish ishlarining o‘tgan yilga nisbatan 11,0 foizga (jami qurilishdagi ulushi 58,0 foiz), fuqarolik obyektlarini qurish 29,8 foizga (jami qurilishdagi ulushi 9,6 foiz), ixtisoslashtirilgan qurilish ishlarining 30,5 foizga (jami qurilishdagi ulushi 32,4 foiz) o‘sishi sifatida ko‘rilmoqda.

Jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 2020-yilning yanvar—iyul oylarida 13,3 trillion so‘mni tashkil etdi. Qurilish ishlari 2019-yilning yanvar—iyul oylariga nisbatan 24,5 foizga ko‘p bajarilgan bo‘lib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 2019-yilning mos davridagi ko‘rsatkich darajasidan 4,1 foiz punktga ko‘payib, 27,3 foizni tashkil etgan.

Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 2020-yilning yanvar—iyul oylarida qurilish ishlarini bajargan boshqa tashkilotlarga nisbatan oshganligi kuzatilgan. Ular hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 55,7 foizi to‘g‘ri kelib, 2019-yilning yanvar—iyul oylari ko‘rsatkichiga nisbatan 0,9 punktga kamaygan.

Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2019-yilning mos davriga nisbatan 104,2 foizni tashkil etgan holda 27,1 trillion so‘m miqdorida qayd etilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют