» » “Buxoro” bosh murabbiyi: Bitta penalti o‘yin taqdirini hal qildi

“Buxoro” bosh murabbiyi: Bitta penalti o‘yin taqdirini hal qildi


“Buxoro” klubi bosh murabbiyi Jamshid Saidov Coca-Cola Superliga 10-turi doirasida “Qizilqum”ga qarshi kechgan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘yin haqida nima deyishim mumkin? Bitta penalti hammasini hal qildi. Futbolchilarga katta rahmat, jamoamiz oxirigacha kurashdi. Qisqa vaqt ichida ketma-ket o‘yin o‘tkazish oson emas. Tarkibimizda yoshlar ko‘p va ularga vaqt kerak bo‘ladi. Afsuski, o‘zimiz kutgan natijaga erisha olmadik.

Yozgi transfer oynasida tarkibni kuchaytirishga harakat qilamiz, lekin bu o‘rinda klubdagi moliyaviy ahvolni ham hisobga olish kerak. Klubda qiyinchiliklar bor. Muammo hal bo‘lmagunga qadar PFL yangi o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazmaydi, shu bois hammasi joyiga tushishini kutamiz. Safimizda ba’zi futbolchilar endi ikkinchi o‘yinini o‘tkazdi. Ularni ham tushunish kerak.

Jamshid Saidov, “Buxoro” bosh murabbiyi

“Buxoro” 10-turga kelib uchta durang qayd etgan holda so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa keyingi turda “Surxon” bilan o‘ynaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют