» » Britaniya parlamenti oldida terrorchilikda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi

Britaniya parlamenti oldida terrorchilikda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi


London markazida, Buyuk Britaniya parlamenti binosi yaqinida terakt uyushtirishda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda Meduza.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, uning yonidan pichoq topilgan. Hodisa yuzasidan tergov-surishtiruv harakatlarini Skotland-Yardning terrorchilikka qarshi kurash bo‘linmasi olib bormoqda.

Hibsga olingan shaxs — 20—30 yosh oralig‘idagi erkak bo‘lib, politsiya uning ismini oshkor qilmayapti.

22-mart kuni Buyuk Britaniya parlamenti binosi oldida terakt amalga oshirilgan, oqibatda to‘rt kishi halok bo‘lgan va 40 ga yaqin odam jabrlangan edi. Terrorchi avtomobilda piyodalarni urib o‘tib, so‘ng pichoq bilan politsiyachiga hujum qilgan edi.

Hujum 52 yoshli Xolid Mas’ud tomonidan amalga oshirilgan, u o‘ldirilgan. O‘sha terakt uchun javobgarlikni IShID terrorchilik tashkiloti o‘z zimmasiga olgan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-04-2017, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют