» » Levandovski Chempionlar Ligasida Messining natijasini yangiladi. Oldinda faqat Ronaldu bor

Levandovski Chempionlar Ligasida Messining natijasini yangiladi. Oldinda faqat Ronaldu bor


“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski Chempionlar Ligasining bir mavsumida urilgan gollar soni bo‘yicha “Barselona” forvardi Lionel Messini ortda qoldirdi.

Levandovski Chempionlar Ligasining 2019/20-yilgi mavsumida 15 ta gol urgan bo‘lsa, Messi o‘zining eng yaxshi mavsumida (2011/12-yilgi) 14 ta gol urgan. Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha faqat Krishtianu Ronaldu bu ikki futbolchidan ilgarilab ketgan, portugaliyalik futbolchi 2017/2018-yilgi mavsumda 15 ta, 2015/2016-yilgi mavsumda 16 ta, 2013/2014-yilgi mavsumda esa 17 ta gol urgan.

Ma’lumot uchun, 31 yoshli Levandovski Germaniya chempionatining 2019/20-yilgi mavsumida 31 o‘yin o‘tkazib, 34 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

“Bavariya” Chempionlar Ligasining hal qiluvchi bahsida PSJ bilan to‘qnash keladi. Mazkur bellashuv 23-avgust kuni Lissabondagi “Estadio Da Lush” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют