» » Belarus muxolifati Lukashenkoning takroriy prezident saylovlarida qatnashishiga xalal bermaslikka va'da berdi

Belarus muxolifati Lukashenkoning takroriy prezident saylovlarida qatnashishiga xalal bermaslikka va'da berdi


Belarus muxolifati 5-noyabr, Aleksandr Lukashenkoning beshinchi prezidentlik muddati tugaganidan so‘ng takroriy prezidentlik saylovlarini o‘tkazishni talab qiladi. Bu haqda 20-avgust kuni Belarus muxolifatining muvofiqlashtiruvchi kengashi a’zosi Mariya Kolesnikova “Interfaks”ga ma’lum qilgan.

Uning ta’kidlashicha, muxolifat Aleksandr Lukashenkoning takroriy saylovlarda ishtirok etishida hech qanday to‘siq ko‘rmayapti. “Biz uning qo‘pol soxtalashtirish bilan bo‘lsa-da, administrativ resurslarga ega bo‘lib turib yutqazganini ko‘ryapmiz. Belarusning har bir fuqarosi saylovda ishtirok etish huquqiga egaligidan kelib chiqib bunda hech qanday to‘siqlar bo‘lmasligi kerak”, — degan Kolesnikova, lekin muxolifat Lukashenkoning bunga rozi bo‘lishiga ishonmayotganini ta’kidlagan.

Kolesnikovaning fikricha, saylovlar oldidan Markaziy saylov komissiyasining tarkibini to‘liq yangilash, shu jumladan, komissiya rahbarini o‘zgartirish, shuningdek, xalqaro kuzatuvchilarni saylovga jalb qilish kerak.

Eslatib o‘tamiz, Belarus muxolifatining muvofiqlashtiruvchi kengashi Svetlana Tixanovskaya — Aleksandr Lukashenkoning prezident saylovlaridagi raqibi taklifi bilan tuzilgan. U Belarus Markaziy saylov komissiyasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, prezidentlik saylovlarida 10,09 foiz ovoz olgan. Saylovlardan keyin mamlakatda boshlangan norozilik namoyishlari ishtirokchilari Tixanovskaya saylovda g‘alaba qozongan deb hisoblamoqda.

Avvalroq Yevropa parlamenti Lukashenkoga persona non grata maqomini bergani, Kanada va Irlandiya Belarusdagi prezidentlik saylovida Aleksandr Lukashenko g‘alaba qozonganini tan olishdan bosh tortgani xabar qilingandi.

Keyinchalik Belarus prezidentligiga nomzod Svetlana Tixanovskaya Yevropa Kengashiga videomurojaat bilan chiqib, Yevropa yetakchilaridan Belarusdagi saylov natijalarini tan olmaslikni so‘ragan, o‘z navbatida Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlari Belarusda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovi natijalarini tan olmagan.

Mazvuga doir: Belarus MSK Lukashenkoning prezidentlik qasamyodi qachon bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют