» » Toshkentda tanishiga 3 mlrd so‘m kredit olib berishni va’da qilib, uni 21 mln so‘mga chuv tushirgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda tanishiga 3 mlrd so‘m kredit olib berishni va’da qilib, uni 21 mln so‘mga chuv tushirgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Toshkentda tanishiga bankdan 3 milliard so‘m kredit olib berishni va’da qilib, uni 21 million so‘mga chuv tushirgan firibgarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar beradi IIV axborot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 20-may kuni 34 yoshli O.S. 35 yoshli tanishi T.A.ga xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni taklif etib, navbatsiz va boshqa tashvishlarsiz bankdan 3 milliard so‘m kredit olishda yordam berishini aytgan. O‘zining “yordami” uchun O.S. tanishidan 21 million so‘m olib, va’dasida turmasdan pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Olmazor tumani IIO FMBga kelib tushgan shikoyat xati asosida holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют