» » O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tizimida 48,3 mlrd so‘mlik o‘zlashtirish va talon-toroj holatlari aniqlandi

O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tizimida 48,3 mlrd so‘mlik o‘zlashtirish va talon-toroj holatlari aniqlandi


Hisob palatasi Maktabgacha ta’limi vazirligi tizimidagi tashkilotlarning 2018—2019-yillardagi budjet va budjetdan tashqari mablag‘lardan foydalanish samaradorligi hamda 2020-yilgi xarajatlarini maqbullashtirish imkoniyatlari yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi. Bu haqda palata matbuot xizmati xabar berdi.

O‘rganishlar vazirlikning Ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati bilan hamkorlikda olib borilgan. Natijada mazkur tizim tashkilotlari tomonidan jami 48,3 milliard so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.

Jumladan, tizimda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning oylik ish haqi uchun ajratilgan mablag‘larning 7,2 milliard so‘mi quyi bo‘g‘inlardagi ayrim mansabdorlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan noqonuniy o‘zlashtirish, ortiqcha to‘lovlar va o‘g‘rilik natijasida talon-toroj qilingan.

Soxta taomnomalar tuzib, haqiqatda sarflanmagan oziq-ovqat mahsulotlarini xarajatga chiqarish va kamomadlarga yo‘l qo‘yish orqali 3,6 milliard so‘mlik mablag‘ noqonuniy o‘zlashtirilgan.

Sariyog‘ sifatida 2,2 milliard so‘mlik iste’molga yaroqsiz “Spred” (o‘simlik moyi va sut yog‘ining aralashmasi) va yog‘lilik darajasi me’yordan past bo‘lgan sariyog‘ mahsulotlari, 10,1 milliard so‘mlik veterinariya nazoratidan o‘tkazilmagan 309,4 tonna go‘sht mahsulotlari xarid qilinib, tarbiyalanuvchilarning ovqatlanishi uchun sarflangan.

Tarbiyalanuvchilar sonini yashirish, ota-onalar to‘lovlarini kassaga kirim qilmaslik orqali 497,7 million so‘m mablag‘lar noqonuniy o‘zlashtirilgan.

Xaridlarning raqobatga asoslangan usullarini chetlab o‘tib, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun talablariga zid ravishda 253 ta holatda 11,3 milliard so‘mlik shartnomalar tuzilgan.

Bundan tashqari, xarid qoidalarini buzgan holda qimmat narxlarda hamda standartga javob bermaydigan 8,8 milliard so‘mlik tovar-moddiy boyliklar xarid qilingan.

Tizimda amalga oshirilgan o‘rganish natijasi bo‘yicha aniqlangan holatlarni bartaraf etish va ularni kelgusida takrorlamaslik yuzasidan Hisob palatasi tomonidan 26 ta yo‘nalish bo‘yicha 75 ta taklif ishlab chiqildi, tizim tashkilotlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Ushbu takliflar asosida Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilishi belgilandi.

Amaldagi 16 ta me’yoriy-huquqiy hujjatga o‘zgartirishlar kiritish, moliyaviy va uslubiy yo‘nalishlarni o‘zida birlashtiradigan axborot tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar berildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют