» » O‘rtayer dengizida katta qayiqning dvigateli portlashi oqibatida kamida 45 nafar qochoq cho‘kib ketdi

O‘rtayer dengizida katta qayiqning dvigateli portlashi oqibatida kamida 45 nafar qochoq cho‘kib ketdi


O‘rtayer dengizidagi Liviya sohillariga yaqin hududda kamida 45 nafar qochoq suvga cho‘kib halok bo‘ldi. Qochoqlarga to‘la katta qayiqning halokati 2020-yilda dengizda kuzatilgan eng fojiali voqealardan biriga aylandi, deb yozmoqda Le Point.

Xabarga ko‘ra qayiqning dvigateli portlagan va u Liviyaning Zuvara shahri yaqinida suvga g‘arq bo‘lgan. Mahalliy baliqchilar tomonidan qayiqdagi 37 nafar odam qutqarib qolingan. Asosan Senegal, Mali, Chad va Gana fuqarolari omon qolgani aytilmoqda.

BMTning qochoqlar masalalari bo‘yicha agentligi bergan ma’lumot bo‘yicha mazkur fojia tufayli O‘rtayer dengizi atrofidagi qurbonlar soni kamida 302 nafarga yetgan. BMT vakillarining qayd etishicha bu nisbiy raqamlar va halok bo‘lganlarning haqiqiy soni rasmiy manbalarda keltirilmagan bo‘lishi ham mumkin.

Avval iyun oyida Tunis qirg‘oqlariga yaqin joyda ichida muhojirlar bo‘lgan kema cho‘kib ketgan va buning oqibatida kamida 61 kishi suvga cho‘kib vafot etgan. Qurbonlar orasida voyaga yetmagan bola ham bo‘lgan.

2019-yil avgust oyida ham Liviya qirg‘oqlarida muhojirlar bo‘lgan kema cho‘kib ketgan va  40 ga yaqin odam halok bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют