» » Vadim Abramov: “Hakamlik sotib olinmagandi deb umid qilamiz”

Vadim Abramov: “Hakamlik sotib olinmagandi deb umid qilamiz”


“Bunyodkor” bosh murabbiyi Vadim Abramov Coca-Cola Superliga 11-turi doirasida “So‘g‘diyona”ga qarshi kechgan bahsdan (3:3) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Menimcha o‘yin qiziqarli bo‘ldi, afsuski tomoshabinlar kiritilmadi. Balki TV orqali o‘yinni ko‘rishgandir, ularga yoqqadir, bilmayman. Qiyin o‘yin bo‘ldi, ayniqsa bosh murabbiylar uchun. Oltita gol urildi, qiziqarli o‘yin, ammo... Birinchi bo‘lim u qadar yaxshi o‘ynamadik, ikkinchisida esa o‘zimizga keldik, g‘alaba qozona olmaganimizga o‘zimiz aybdormiz. Yosh yigitlar gol ura olmadi, to‘rtinchi golni urib o‘yinni yakunlashimiz kerak edi. Buning o‘rniga raqibga gol urish imkoniyati berildi.

Balki bu ruhiyat bilan bog‘liqdir. Shunchaki to‘pni bir-biringizga oshiring degan ko‘rsatma bermaganman. Balki har uch kunda o‘yin o‘tkazayotganimiz sababdir.

Ikromov maydonga tushib faol o‘ynadi, nima uchun u ikkinchi bo‘limda tushdi? Uning imkoniyatlarini yaxshi bilamiz, bu taktika edi. Birinchi bo‘limda raqib katta kuch bilan himoyada o‘ynashini kutgandik, shu bois Farruhni ikkinchi bo‘limda tushirdik va tezkorligidan foydalandik.

Hakamlik haqida? Futbolchilar ham ba’zida yomon o‘ynaydi-ku, bu o‘yinda hakamlarda shunday kun bo‘ldi deb o‘ylayman. Bu sotib olingan hakamlik bo‘lmagan deb umid qilamiz. Balki u (Sherzod Qosimov) “Bunyodkor”dan xafadir, undan so‘rab ko‘rish kerak.

Vadim Abramov, “Bunyodkor” bosh murabbiyi

“Bunyodkor” 11-turdan so‘ng ochkolarini 21 taga yetkazib olgan holda 3-o‘rinda bormoqda. Jamoa keyingi turda “Qizilqum” bilan o‘ynaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют