» » Superliga. “Lokomotiv” Andrey Fyodorov iste’fosidan keyingi ilk o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Superliga. “Lokomotiv” Andrey Fyodorov iste’fosidan keyingi ilk o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 11-turida “Lokomotiv” 21-avgust, juma kuni “Qo‘qon-1912” bilan bahs yuritdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limi o‘rtacha tempda o‘tdi va darvozalar oldida vaziyatlar u qadar ko‘p bo‘lmadi. 75-daqiqaga kelib Temurxo‘ja Abduxoliqov “temiryo‘lchilar”ni oldinga olib chiqdi.

Biroq qo‘qonliklar bunga ikkita gol bilan javob qaytardi. 80-daqiqada Shoxnazar Norbekov muvozanatni tikladi. Oradan ko‘p o‘tmay Muhammadanas Hasanov jarima zarbasidan chiroyli gol urgan holda “Qo‘qon-1912”ning g‘alabasini ta’minladi.

Shu tariqa Qo‘qon shahri jamoasi ochkolarini 19 taga yetkazib oldi va 4-o‘ringa ko‘tarildi. “Lokomotiv” (12) esa 8-pog‘onada qoldi.

Coca-Cola Superliga

11-tur bahsi

21-avgust, juma

Gollar: 1:0 – 75 Abduxoliqov, 1:1 – 80 Norbekov, 1:2 – 86 Hasanov.

“Lokomotiv”: Javohir Ilyosov, Shahzod Shaymanov, Kaxi Maxaradze, Vadim Afonin (Davron Umirov, 63), Temurxo‘ja Abduxoliqov, Avazbek O‘lmasaliyev (Kirill Pogrebnyak, 85), Javohir Alijonov (Marat Bikmayev, 78), Shuhrat Muhammadiyev, Sherzod Fayziyev, Diyor Turopov, Farruh Ibrohimov.

“Qo‘qon-1912”: Botirali Ergashev, Jasurbek Yoqubov, Suhrob Berdiyev (Sardor Azimov, 90), Quvondiq Ro‘ziyev (Shohnazar Norbekov, 71), Avazxon Mamatxo‘jayev, Oybek Rustamov, Muhammadanas Hasanov, Aleksandr Merzlyakov, Ivan Yosovich, Filip Rayevats (Hamidullo Abduhamidov, 60) (Sobit Sindarov, 90), Yakuba Bamba.

Ogohlantirishlar: Bamba (25), Rustamov (54), Yosovich (83)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют