» » Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan Volkswagen, Skoda va Isuzu maxsus mashinalarini ko‘zdan kechirdi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan Volkswagen, Skoda va Isuzu maxsus mashinalarini ko‘zdan kechirdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-avgust, juma kuni Bektemir tumaniga tashrifi davomida tuman faollari bilan uchrashuvdan so‘ng O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi loyihalashtirilgan maxsus avtomobillarni ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident matbuot xizmatining ta’kidlashicha, O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil yanvarda Germaniyaga rasmiy tashrifi chog‘ida “O‘zavtosanoat” va Volkswagen konserni o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolangan edi. Unga muvofiq, Jizzax avtomobil zavodida 3 xil modifikatsiyadagi Volkswagen Caddy minivenini ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Yetti o‘rinli bu avtomobil turli sohalarga ixtisoslashtirish uchun juda mos keladi. Shuningdek, Isuzu zavodida ham qulay platforma mavjud.

Qayd etilishicha, mamlakatda yengil avtomobillar, yuk mashinlari va maxsus texnikalar ishlab chiqarilib, aynan shu yo‘nalishdagi segment bo‘sh edi. Qo‘shni davlatlarda ham bunday avtomobillarga ehtiyoj bor.

Shu maqsadda tajriba tariqasida Volkswagen, Skoda va Isuzu yo‘nalishida maxsus mashinalar namunalari tayyorlandi.

Shavkat Mirziyoyev bunday yangi yo‘nalish import o‘rnini to‘ldirish va eksportni kengaytirishda muhim ekanini ta’kidlab, kerakli ko‘rsatmalar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu mashinalar 2020-yilning to‘rtinchi choragida Jizzax avtomobil zavodida yig‘ila boshlaydi. 2022-yildan ishlab chiqarishning to‘liq siklini o‘zlashtirish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 27-iyul kuni Volkswagen Caddy avtomobillari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Avtomobil uch xil ko‘rinish va komplektatsiyada sotuvga chiqarildi. Shuningdek, Volkswagen Caddy negizida tez yordam mashinalari tayyorlanib, O‘zbekiston shaharlariga yetkazib berildi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda Isuzu D-Max pikaplari negizida ham tez yordam mashinalari ishlab chiqarilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev 21-avgust kuni Toshkent shahar Bektemir tumanida bajarilayotgan ishlar, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi. Davlat rahbari metall konstruksiyalar zavodiga, “Binokor” mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishlab chiqarish maydoniga, pishloq ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonaga, to‘qimachilik dastgohlari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqaradigan korxonaga, “O‘zavtosanoat” tomonidan tashkil qilingan Cooperation LAB tarmoqlararo kooperatsiya markaziga tashrif buyurdi. Cooperation LAB markazida sanoat sohalarida mahalliylashtirishni kengaytirish masalasida yig‘ilish o‘tkazildi. Davlar rahbari tuman faollari bilan uchrashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют