» » Qirgiziston 31 ta davlat fuqarolariga oz chegaralarini ochdi. Ular orasida Ozbekiston yoq

Qirgiziston 31 ta davlat fuqarolariga oz chegaralarini ochdi. Ular orasida Ozbekiston yoq


Qirgiziston chet elliklar va fuqaroligi bolmagan shaxslarning mamlakatga kirishini soddalashtirdi. Bu haqda Qirgiziston hukumat matbuot xizmati xabar berdi, deb yozmoqda Asia Plus.

Malum qilinishicha, Qirgiziston Vazirlar Mahkamasi 2020-yil 17-martdagi xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bolmagan shaxslarning Qirgiziston hududiga kirishiga vaqtincha cheklov kiritish togrisida buyrugiga ozgartirish kiritdi.

Kiritilgan ozgartirishga muvofiq, cheklov choralari sharoitida quyidagi toifadagi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bolmagan shaxslar Qirgizistonga kirishi mumkin:

Bundan tashqari, mamlakatda koronavirus tarqalishi bilan bogliq oqibatlarni minimallashtirishga qaratilgan iqtisodiy chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida chet el fuqarolarining ketishini bosqichma-bosqich tiklash togrisida qaror qabul qilindi.

Epidemiologik vaziyat barqarorlashishiga qarab, Qirgiziston Sogliqni saqlash vazirligi har oyda ikki marta 1 va 15-sanada korib chiqiladigan tegishli mamlakatlar royxatini tasdiqlaydi.

Ushbu davlatlarning fuqarolari Qirgiziston qonunchiligida belgilangan tartibda Qirgiziston chegarasini kesib otishi mumkin.

Hozircha Qirgiziston quyidagi 31 ta mamlakat fuqarolariga mamlakatga kirishga ruxsat berdi. Mazkur royxatga Ozbekiston kiritilmagan:

Rossiya, Gruziya, Ozarbayjon, Armaniston,Belarus,Qozogiston, Turkmaniston,Belgiya,Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Irlandiya, Islandiya, Italiya, Latviya, Litva, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Portugaliya, Turkiya,Shveysariya,Shvetsiya,Qatar, BAA, Xitoy, Malayziya, Janubiy Koreya, Pokiston, Sloveniya, Kuvayt, Yaponiya.

Jahon sogliqni saqlash tashkiloti va Qirgiziston Tashqi ishlar vazirligidan olingan malumotlarga asoslanib, davlatlar royxati Qirgiziston Sogliqni saqlash vazirligi buyrugiga binoan 2020-yil 20-avgustda qayta korib chiqilgan.

Mavzuga doir:Qirgiziston bosh vaziri fuqarolarni toy va sayillarni kamaytirishga chaqirdi



Manba: Daryo.uz
: admin (22-08-2020, 07:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 35) ( 0) ( 32) ( 3)
:
-
:
20 ... -