» » Lionel Messi transferi yuzasidan faqat ikkita klub uning otasiga murojaat qilgani ma’lum bo‘ldi

Lionel Messi transferi yuzasidan faqat ikkita klub uning otasiga murojaat qilgani ma’lum bo‘ldi


“Barselona” sardori Lionel Messining jamoadagi kelajagi mavhum bo‘lib qolmoqda.

Mundo Deportivo jurnalisti Fransesk Agilarning yozishicha, hozirda argentinalik futbolchiga faqat ikki klubdan qiziqish bor — PSJ va “Inter”. Ularning vakillari vaziyatni o‘rganish uchun futbolchining otasi bilan bog‘langan.

Parijliklar klubi allaqachon Messini xarid qilish borasida reja ishlab chiqqan va buni moliyaviy feyr-pley qoidalaridan chetga chiqmagan holda uddalashni biladi. Parij shahri futbolchining turmush o‘rtog‘i Antonellaga yoqadi, u yerda ularning ko‘plab do‘stlari istiqomat qiladi.

Avvalroq futbolchiga da’vogarlar qatorida e’tirof etilgan “Manchester Siti” Messini taklif qilish borasida birorta harakatni amalga oshirmagan.

Ta’kidlanishicha, Messi bir necha oydan buyon “Barselona”ni tark etishni o‘ylamoqda. Unga klubning ish yuritish tizimi va jamoa atrofidagi atmosfera yoqmayapti.

Avvalroq Messi “Barselona”ning yanig bosh murabbiyi Ronald Kuman bilan uchrashgani va unga jamoani tark etish niyatida ekanini aytgani xabar qilingandi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют