» » Navoiyda 42 mln so‘mlik oltin qum zarralarini o‘g‘irlashga uringan kon nazoratchisi ushlandi

Navoiyda 42 mln so‘mlik oltin qum zarralarini o‘g‘irlashga uringan kon nazoratchisi ushlandi


Navoiyda o‘zi ishlab kelayotgan kondan 42 million so‘mlik oltin qum zarralarini o‘g‘irlashga uringan qo‘riqlash otryadi nazoratchisi qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Navoiy shahar 2-sonli IIB JQB hamda Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash otryadi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida NKMK DK kon boshqarmasida Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash otryadi nazoratchisi o‘zi ishlab kelayotgan kondan oltin qum zarralarini o‘g‘irlashga uringan.

Qo‘riqlash otryadining 42 yoshli nazoratchisi kon boshqarmasidan narxi qariyb 42 million 275 ming so‘mlik qiymatdagi og‘irligi 3800 gramm bo‘lgan oltin qum zarralarini yashirin ravishda olib chiqib ketayotganida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan qoidabuzar N.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 169-moddasi 2-qismi (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish, o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Navoiyda eski oltin konidan 230 million so‘mlik tarkibida oltin mavjud bo‘lgan toshlarni o‘g‘irlayotgan shaxslar qo‘lga tushgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2020, 08:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют