» » Andrey Kanchelskis: G‘alaba uchun nima yetmadi? Gollar yetishmadi

Andrey Kanchelskis: G‘alaba uchun nima yetmadi? Gollar yetishmadi


“Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis Coca-Cola Superliga 11-turi doirasida “Mash’al”ga qarshi kechgan o‘yindan (0:1) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Birinchi navbatda “Mash’al”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Barakalla, yigitlar! Ikki xil bo‘lim bo‘ldi. Birinchi bo‘limda juda yomon o‘ynadik. Ikkinchi bo‘limda vaziyatlarga ega bo‘ldik, hisobni tenglashtirishimiz kerak edi. Qayerdadir omad kelmadi, bu futbol.

Tashkilotchilarga rahmat aytaman. Oldingi tur bilan solishtirganda yaxshiroq maydon va qulay vaqtga belgilab bergani uchun rahmat.

Maydonga tushgan futbolchilarga rahmat. Ularga ikkinchi bo‘lim uchun e’tirozim yo‘q. Birinchi bo‘limni esa tahlil qilamiz. Hayot davom etadi, keyingi turdagi OKMK bilan o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz.

G‘alaba uchun nima yetishmadi? Gollar yetishmadi. Tarkibimizda yo‘qotishlar bor. Bir qancha futbolchilarda kasallik alomatlari bor. Ammo tarkibimizda boshqa futbolchilar ham bor, ular maydonga tushib o‘ynashi kerak. Koronavirus bizni ham chetlab o‘tgani yo‘q. Tahlil qilamiz, gaplashamiz. Biz mag‘lub bo‘ldik, raqib esa yutdi, “Mash’al”ni tabriklayman.

No‘mon Hasanov “Navbahor”da mening yordamchim bo‘ladi. Mashg‘ulotlar jarayonida ham, boshqa ishlarda ham. Ayni paytda mening yordamchim karantin tufayli Moskvadan kela olmayapti shu bois Hasanov menga yordam beradi.

Andrey Kanchelskis, “Navbahor” bosh murabbiyi

“Navbahor” 11-turdan keyin 18 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. Jamoa keyingi turda OKMK bilan o‘ynaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют