» » Minimalist Photography Awards 2020 tanlovida eng yaxshi suratlar taqdirlandi (foto)

Minimalist Photography Awards 2020 tanlovida eng yaxshi suratlar taqdirlandi (foto)


Minimalist Photography Awards tanlovi ishtirokchilari nominatsiyalarga ko‘ra taqdirlandi. Bu haqda “RIA Novosti” ma’lum qildi.

Tanlovning Gran-pri va “Yilning minimalist fotosuratchisi” unvonini avstraliyalik Jorj Birn “Sariq zina” asari bilan qo‘lga kiritdi.

“Sur la mer” kadri muallifi Roberto Korinaldezi “Yilning eng yaxshi aerofotosuratchisi” deb topildi.

“Aerofotosuratlar” bo‘yicha ikkinchi o‘rin Marchin Gibaga nasib etdi.

“Peyzaj” nominatsiyasi bo‘yicha Jeffrard Burka “Qaymoq aysberg” surati bilan g‘alaba qozondi.

“Ochiq mavzu” nominatsiyasida birinchi o‘rin Eloize Lodderning “Insonning qadr-qimmatini tadqiq qilish” suratiga berildi.

“Abstraksiya” nominatsiyasida fransuz fotosuratchisi Stanislas Augris g‘alaba qozondi.

“Ko‘zlar — ko‘ngil ko‘zgusi” surati muallifi Viki Martin “Portret” nominatsiyasi g‘olibi deb e’lon qilindi.

Katrin Federerning ishi “Fotomanipulyatsiya” nominatsiyasi g‘olibligiga loyiq ko‘rildi.

Nero Puxa o‘zining “Rozaning portreti” ishi bilan yutuqqa erishdi.

“Peyzaj” nominatsiyasining yana bir ajoyib sovrindori “Nur va soya”ning muallifi Xolgeru Nimtsu bo‘ldi.

Katrin Federer tomonidan suratga olingan “Ijtimoiy masofa” surati “Aerofotografiya” nominatsiyasida g‘oliblikka erishdi.

“Ko‘cha suratkashi” kategoriyasi bo‘yicha Erik Davidovning “Makkajo‘xori” surati finalga chiqdi.

Markus Sederberg o‘z surati bilan “Fotomanipulyatsiya” kategoriyasida eng yaxshisiga loyiq ko‘rildi.

Yozgi Gavrga boshqacha qarashga harakat qilgan Frans Zyussbauer “Ko‘cha suratkashi” nominatsiyasida munosib taqdirlandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют