» » So‘xdagi Chashma bulog‘i voqealarida talafot ko‘rgan xonadonlar tiklab berildi

So‘xdagi Chashma bulog‘i voqealarida talafot ko‘rgan xonadonlar tiklab berildi


O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi anklavi So‘x tumanidagi Chashma bulog‘i voqealarida talafot ko‘rgan xonadonlar 21-avgust, juma kuni ta’mirdan chiqarilib, o‘z egalariga topshirildi?. Bu haqda DXX chegara qo‘shinlari matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, 31-may kuni O‘zbekistonning So‘x tumani Chashma qishlog‘i va Qirg‘izistonning Qadamjoy tumani Chechme qishlog‘i aholisi o‘rtasida Qirg‘iziston hududida joylashgan, suvidan O‘zbekiston ham foydalanadigan Chashma bulog‘i ustida bahs chiqib, katta mojaroga aylanib ketgandi.

Ushbu noxush voqealarda “Chashma” mahallasida yashovchi fuqarolar Rahmatjon To‘xtasinov va Ravshanjon To‘xtanazarovning xonadonlari katta talafot ko‘rgani sababli hukumat tomonidan bu xonadonlarni tiklash bo‘yicha topshiriqlar berilgan edi.

Qayd etilishicha, Rahmatjon To‘xtasinovning xonadoni kapital ta’mirlangan bo‘lsa, fuqaro Ravshanjon To‘xtanazarovga yangi uy qurib berilgan. Qurilish-ta’mirlash ishlariga davlat tomonidan 600 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют