» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 39 ming kishidan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 39 ming kishidan oshdi


O‘zbekistonda 24-avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 119 kishiga ko‘payib, kasallanganlarning umumiy soni 39 065 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining

Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 275 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 284 nafarni tashkil etmoqda.

Ayni paytda O‘zbekistonda 34 987 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (89 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3 803 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 249 nafari og‘ir, 129 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 23-avgust kuni 414 kishida koronavirus aniqlandi. 6 ta o‘lim holati qayd etildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют