» » Buxoroda “inomarka”ning ishlab chiqarilgan yilini yashirish orqali 221,6 mln so‘mlik bojxona to‘lovidan qochishga urinish holati aniqlandi

Buxoroda “inomarka”ning ishlab chiqarilgan yilini yashirish orqali 221,6 mln so‘mlik bojxona to‘lovidan qochishga urinish holati aniqlandi


Buxoro viloyatida xorijdan kirib kelayotgan yuk avtomashinasi hujjatlarini qalbakilashtirish orqali 221,6 million so‘m miqdordagi bojxona to‘lovidan qochish holati aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati rahbari Javohir Ismoilov xabar berdi.

Bildirilishicha, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari xorijdan keltirilgan yuk avtotransport vositalarini ko‘rikdan o‘tkazgan.

“Bunda fuqaro A.J. nomiga Rossiyadan keltirilgan ‘Refrejiratorlik yuk avtomobili (“GAZ”) model 2790a’ rusumli yuk avtotransport vositasi ham belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Mazkur avtotransport vositasiga oid hujjatlarni rasmiylashtirishda qalbakilashtirishga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi. Avtotransport vositasini olib kiruvchi fuqaro mashina 2015-yilda ishlab chiqarilgan bo‘lsa-da, 2017-yilda ishlab chiqarilgan deb ko‘rsatgan va bojxona to‘lovidan 221,6 million so‘m miqdorida noqonuniy foydalanishga uringan”, — deydi Javohir Ismoilov.

Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 11:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют