» » Video: Lukashenko o‘z qarorgohiga qo‘lida avtomat bilan uchib keldi, uni to‘liq qurollangan o‘g‘li — Nikolay qo‘riqlamoqda

Video: Lukashenko o‘z qarorgohiga qo‘lida avtomat bilan uchib keldi, uni to‘liq qurollangan o‘g‘li — Nikolay qo‘riqlamoqda


23-avgust kuni Minsk aholisi Aleksandr Lukashenkoning iste’fosini so‘rab, yangi norozilik namoyishini o‘tkazdi, deb xabar beradi Meduza.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aksiyada 150 mingga yaqin odam ishtirok etgan. Kechasi namoyishchilar uy-uyiga tarqalishni boshlagan vaqtida Lukashenko matbuot xizmati prezident norozilik vaqtida nimalar bilan shug‘ullangani tasvirlangan video bilan bo‘lishdi: u vertolyotga Minsk uzra parvoz qilib, aksiya ishtirokchilarini kalamushga qiyoslagan, qo‘lida avtomat bilan ishchi qarorgohi tomon borgan (yonida harbiy ekipirovkadagi kenja o‘g‘li Nikolayni ham ko‘rish mumkin), kuch tuzilmalari xodimlariga minnatdorchilik bildirgan.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, Belarusdagi prezidentlik saylovlari 9-avgust kuni o‘tkazilgan. MSK ma’lumotiga ko‘ra Lukashenko 80,1 foiz ovoz bilan saylovlarda g‘olib deb topilgan. U mamlakatni 26 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Saylov kuni Minsk markazida harbiy texnika paydo bo‘lgan.

Belarus militsiyasi saylov uchastkalari oldida to‘plangan odamlarni qo‘lga oldi. Saylov kuni oqshomida mamlakatning barcha yetakchi ommaviy axborot vositalarining saytlari ochilmay qoldi. Poytaxt Minskda prezident saylovidan keyin norozilik namoyishi boshlandi. Shundan buyon mamlakatda norozilik namoyishlari va namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun chiqishlar davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 12:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют