» » Zelenskiy: Agar Lukashenkoning ornida bolganimda Belarusda yangi prezidentlik saylovlarini otkazgan bolardim

Zelenskiy: Agar Lukashenkoning ornida bolganimda Belarusda yangi prezidentlik saylovlarini otkazgan bolardim


Ukraina Prezidenti Vladimir ZelenskiyEuronewstelekanaliga bergan intervyusida Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning ornida bolganida mamlakatdagi inqirozni hal qilish uchun yangi prezidentlik saylovlarini otkazgan bolishini aytdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Keling, tasavvur qilaylik, men ozimga va odamlarning tanloviga ishonaman. Men ishonchli odamman. Qanday qilib barchani tinchlantirish mumkin? Buning uchun men bir oydan keyin yangi saylovlar bolishini aytaman. Istagan odam unda qatnashadi. Barchani saylovga taklif qilaman va men Belarus xalqiga marhamat, saylang, deyman.

Bunday saylov natijasidan song hech kimda savol qolmaydi. Men bunga aminman. Agar AleksandrGrigoryevichgalaba qozonganida edi, u golib deb tan olinardi. Agar boshqasi galaba qozonsa, demak, osha golib chiqardi. Ammo hamma narsa qon tokishsiz, halollik hamda osoyishtalik bilan bolar va tarixga kirar edi, dedi Zelenskiy intervyusida.

Belarus Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibiAnatoliyGlazZelenskiyningyuqoridagi fikrlariga javoban Ukraina rahbariyati kop yillardan buyon qoshnilariga maslahat berishdan kora, oz mamlakati ichida hal qilinishi kerak bolgan juda kop muhim muammolar bilan shugullanishini aytib otgan.

Eslatib otamiz,Belarusdagi prezidentlik saylovlari 9-avgust kuniotkazilgan. MSK malumotiga kora Lukashenko 80,1 foiz ovoz bilan saylovlarda golib deb topilgan. U mamlakatni 26 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Saylov kuni Minsk markazida harbiy texnikapaydo bolgan.

Belarus militsiyasi saylov uchastkalari oldida toplangan odamlarniqolga oldi. Saylov kuni oqshomida mamlakatning barcha yetakchi ommaviy axborot vositalarining saytlariochilmay qoldi. PoytaxtMinskda prezident saylovidan keyinnorozilik namoyishi boshlandi. Shundan buyon mamlakatdanorozilik namoyishlariva namoyishchilarniqollab-quvvatlashuchunchiqishlardavom etmoqda.

Mavzuga doir:Belarusda nima gap? 23-avgustning asosiy voqealari



Manba: Daryo.uz
: admin (24-08-2020, 14:10)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
:
-
:
20 ... -