» » Antarktidadagi Qonli sharshara siri fosh etildi

Antarktidadagi Qonli sharshara siri fosh etildi


Tadqiqotchilar Antarktidadagi qip-qizil sharshara qanday paydo bo‘lganini aniqlashga bir asrdan ko‘proq vaqt sarfladi, deb yozadi “Naukatv.ru”.

Sharqiy Antarktidaning Mak-Merdo quruq vodiylaridagu Teylor muzligidan oqib tushuvchi sharshara birinchi marta 1911-yilda aniqlangan. Dastlab qizil rang mayda qizil suvo‘tlari tufayli kelib chiqqanligi taxmin etilgandi. Ammo 2003-yilda tadqiqotchilar suvga zang tusidagi qizg‘ish rangni temir oksidi berayotganini aniqladi.

Endi olimlar hatto past haroratda ham to‘xtab qolmaydigan g‘alati suv oqimi qayerdan tushayotganini bilib oldi. Ma’lum bo‘lishicha, sharshara muzliklar ichida 1 million yil davomida qolib ketgan ko‘ldan boshlanadi. Bu haqda Alyaska universiteti va Kolorado kolleji olimlarining tadqiqotlarida aytiladi. Ular suvning qayerdan boshlanganini exolokatsiya yordamida aniqladi.

Teylor muzligi — juda sovuq bo‘lib, undan suvning qanday oqib o‘tishi hayratlanarli. Zang rangidagi suyuqlik ko‘ldan Qonli sharsharagacha bo‘lgan yo‘lda muzlab qolmasligi sabablaridan biri — tarkibida yuqori darajada tuz borligi.

Опубликовано: admin (28-04-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют