» » The Financial Times: AQSh hukumati Buyuk Britaniya vaksinasini joriy etishni tezlashtirmoqchi

The Financial Times: AQSh hukumati Buyuk Britaniya vaksinasini joriy etishni tezlashtirmoqchi


AQSh prezidenti Donald Tramp administratsiyasi mamlakatda Buyuk Britaniyada ishlab chiqilayotgan koronavirusga qarshi vaksinani tezkorlik bilan joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda uchta manbaga tayanib, The Financial Times xabar bermoqda.

Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, hukumat AQShning Oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari sifati bo‘yicha sanitariya nazorati boshqarmasi (FDA) uni qo‘llash bo‘yicha favqulodda ruxsatnoma berishini (EUA) buni amalga oshirishning variantlaridan biri sifatida qaramoqda.

Bunday holda FDA Oksford universiteti AstraZeneca kompaniyasi bilan birgalikda ishlab chiqayotgan preparat boyicha tadqiqotlar natijalariga ko‘ra qaror qabul qilishi kerak bo‘ladi. Agar u muvaffaqiyatli bo‘lsa, vaksinadan AQShda foydalanish uchun oktabr oyidayoq prezident saylovlariga qadar ruxsat beriladi.

The Financial Times’ning yozishicha, AQShda vaksinani jadal joriy etilishi mumkinligi haqida Oq uy apparati rahbari Mark Medouz va moliya vaziri Stiven Mnuchin iyul oyi oxirlarida vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi bilan bo‘lgan uchrashuvda e’lon qilgan. Nashrning manbalariga ko‘ra, uchrashuvda gap AstraZeneca preparati haqida borgan, shuningdek, EUA mexanizmi muhokama qilingan.

Mnuchin vakili The Financial Times’ga vazir AstraZeneca preparati haqida hech narsa demagani va FDA’ning qandaydir vaksinani favqulodda joriy etish bilan bog‘liq rejalari to‘g‘risida hech qanday ma’lumotga ega emasligini bildirgan. Oq uy esa vaziyatga izoh bermagan.

Mavzuga doir: Buyuk Britaniya 90 million doza COVID-19 vaksinasiga buyurtma berdi

22-avgust kuni Tramp FDA’ni vaksina va terapevtik vositalarni sinab ko‘rish uchun farmkompaniyaning odamlar yig‘ish ishiga qarshilik ko‘rsatganlikda aybladi. “Aftidan, ular javobni 3-noyabrgacha kechiktirmoqchi. E’tiborni tezkorlik va odamlar hayotini saqlab qolishga qaratish kerak!” — deb yozgan u o‘zining Twitter’ida.

Tramp vaksinani tasdiqlashni tezlashtirish maqsadida FDA’ga bosim o‘tkazishi mumkinligi haqida New York Times ham yozgan. Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, aprel oyida mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi prezident administratsiyasi uchun dastur taqdimotini tayyorlagan bo‘lib, unda koronavirusning tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatni nazorat qilishning eng yaxshi yo‘li vaksinani tezda ishlab chiqish va uni oktabrda keng ommaga yetkazish ekanligi aytilgan. New York Times uning muddati kechiktirilgani va AQSh hukumati vaksinaning millionta dozasini 2020-yil oxiri yoki 2021-yil boshida ishlab chiqarishni maqsad qilganini qayd etgan.

Donald Trampning o‘zi esa COVID-19’ga qarshi vaksina mamlakatdagi prezidentlik saylovlariga qadar ishlab chiqilishini bildirgan, lekin unda AQShda ishlab chiqilayotgan preparat haqida gap ketgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 09:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют