» » iPhone 12 Pro Max va Samsung Galaxy Note20 Ultra qurilmalari “jonli” suratda o‘zaro taqqoslandi

iPhone 12 Pro Max va Samsung Galaxy Note20 Ultra qurilmalari “jonli” suratda o‘zaro taqqoslandi


Apple kompaniyasi iPhone 12 flagman seriyasini taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir vaqtda internetda yangi model haqida batafsil ma’lumotlar tarqalmoqda, deb xabar beradi IXBT.

Bu safar foydalanuvchilar e’tiborini 2020-yil kuzining asosiy raqiblari — hozirda taqdim etilgan Samsung Galaxy Note20 Ultra hamda oktabrda taqdimoti o‘tkaziladigan iPhone 12 Pro Max’ning o‘lchamlarini taqqoslash imkon beradigan surat tortdi.

Surat xitoylik bloger tomonidan tarmoqqa joylashtirilgan bo‘lib, unda ko‘k rangli iPhone 12 Pro Max’ning orqa paneli tasvirlangan. Boshqa versiyalarga ko‘ra, bu korpus paneli emas, balki himoya g‘ilofi. Yangi suratda aynan ushbu model va Samsung Galaxy Note20 Ultra yonma-yon qo‘yib taqqoslangan.

Suratdan ko‘rish mumkinki, iPhone 12 Pro Max Galaxy Note20 Ultra’dan sezilarli darajada kalta, biroq enli. Qalinligini esa ko‘rishning imkoni yo‘q. Samsung Galaxy Note20 Ultra o‘lchamlari 164,8 x 77,2 x 8,1 millimetrni, og‘irligi esa 208 grammni tashkil etadi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, iPhone 12 Pro Max’ga 6,7 dyuymli OLED displey, 5 nanometrli SoC A14 Bionic, 6 gigabayt tezkor, 128/256/512 gigabayt ichki xotira o‘rnatiladi. iPhone 12 o‘zidan oldingi modellardan nafaqat o‘lchamining kichikligi, balki materiallari bilan ham farq qiladi — unga po‘lat o‘rniga alyuminiy ishlatiladi. Shuningdek, smartfonlarning Pro versiyasida qo‘shimcha reallik, obyekt 3D kamerali (lidar) paydo bo‘ladi.

Avvalroq yangi iPhone 12 taqdimoti sanasi ma’lum bo‘lgani to‘g‘risida xabar qilingandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 11:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют