» » Ronaldu va Messi ilk bor PES futbol simulyatori muqovasida birga aks ettirildi (foto)

Ronaldu va Messi ilk bor PES futbol simulyatori muqovasida birga aks ettirildi (foto)


Videoo‘yinlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Konami korporatsiyasi Pro Evolution Soccer—2021 futbol simulyatorining yangi muqovasini namoyish etdi.

Muqovadan “Bavariya” himoyachisi Alfonso Devis, “Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford, “Barselona” forvardi Lionel Messi va “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu joy oldi.

Qayd etish joiz, ilk bor Ronaldu va Messi futbol simulyatorining muqovasida birga aks ettirildi.

Avvalgi yillardagi muqovalar quyidagicha ko‘rinishda bo‘lgan:

PES-2021 — oldingi qismning o‘ziga xos yangilangan versiyasi bo‘lib, bunda ishlab chiquvchilar ko‘p ham yangiliklarni kiritishni rejalashtirmagan, shuning uchun o‘yinni odatdagidan arzonroq narxda sotib olish mumkin. O‘yin 15-sentabr kuni ommaga namoyish etiladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 16:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют