» » Sherzod Shermatov maktab o‘qituvchilaridan koronavirusga test olish rejalashtirilganini tasdiqladi

Sherzod Shermatov maktab o‘qituvchilaridan koronavirusga test olish rejalashtirilganini tasdiqladi


Maktablar ochilishidan oldin o‘qituvchilardan koronavirusga test olinadi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qildi.

“Respublika maxsus komissiyasi tomonidan Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga o‘qituvchilardan koronavirusga test olish bo‘yicha topshiriq berilgan. Unga ko‘ra, o‘qituvchilarning hammasidan dars boshlanishidan oldin va ma’lum intervalda koronavirusga test olib turish masalasi ko‘rilmoqda”, – degan vazir.

Shermatov bunda inobatga olish kerak bo‘lgan jihatlar o‘qituvchilar sonining 500 ming nafarga yaqinligi, kunlik test topshirish imkoniyati cheklanganligi ekanini bildirgan.

“Vazifa aynan shu mexanizm ustida ish olib borgan holda vazifani amalga oshirilishi kerak”, – degan Sherzod Shermatov.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 10:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 72) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют