» » Buyuk Britaniyada koronavirusga qarshi dori sinovdan o‘tkazilmoqda

Buyuk Britaniyada koronavirusga qarshi dori sinovdan o‘tkazilmoqda


AstraZeneca Angliya hamda Shvetsiya farmasevtik kompaniyasi COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi profilaktika va kasallikni davolashda foydalaniladigan preparatni sinovdan o‘tkazishni boshladi. Bu haqda The Guardian xabar tarqatgan.

Preparat sinovlarida 18 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan 50 nafar britaniyalik volontyor ishtirok etadi. Ayrimlar yangi dorining dozasini qabul qilib ulgurgan. Nashrning yozishicha, test jarayonida ekspertlar preparatning samaradorligi va organizmning unga munosabati qanday bo‘lishiga asosiy e’tiborni qaratadi.

Oksford universiteti olimlari bilan birgalikda koronavirusga qarshi vaksina ham ishlab chiqayotgan AstraZeneca kompaniyasining ma’lum qilishicha, AZD7442 ishchi nomiga ega preparatda identik immun hujayralari tomonidan ishlab chiqiladigan ikkita antitana kombinatsiyasi mavjud.

“Ushbu sinovlar identik antitanalar kombinatsiyasini ishlab chiqish yoki COVID-19’ni davolash jarayonida biz uchun muhim bosqich”, – deya biofarmasevtik tadqiqotlar kompaniyasining vitse-prezidenti Mene Pangolas so‘zlarini keltirgan nashr.

Shuningdek, u antitanalarning bunday kombinatsiyasi preparatning samaradorligini oshirib, undan foydalanish davomiyligini ham uzaytirishi mumkin, shu bilan birga dori virusga munosib qarshilik qila oladi.

Avval AQSh hukumati Buyuk Britaniya vaksinasini joriy etishni tezlashtirmoqchi ekani, JSST rahbari COVID-19 pandemiyasi kamida ikki yil muddatda yengib o‘tilishini bildirgani, koronavirusga qarshi Xitoy vaksinasi dekabr oxirida sotuvga chiqishi haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 10:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют