» » Ulug‘bek Baqoyev: “Majburiy tanaffusda o‘yin ritmini yo‘qotib qo‘ydik”

Ulug‘bek Baqoyev: “Majburiy tanaffusda o‘yin ritmini yo‘qotib qo‘ydik”


“So‘g‘diyona” bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev Coca-Cola Superliga 12-turi doirasida “Qizilqum”ga qarshi kechgan o‘yindan (1:1) o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Qiziqarli va hayajonlarga boy o‘yin bo‘ldi. Stadiondagi xodimlarga va televizor orqali tomosha qilgan muxlislarga o‘yin yoqdi deb o‘ylayman. Shaxsan o‘zimga bahs manzur keldi. Buning uchun futbolchilarimga rahmat aytaman.

Har bir jamoa maydonga chiqishdan oldin raqibini o‘rganadi. Kuchli va kuchsiz tomonlarini tahlil qiladi. “Qizilqum”ning ham o‘yinini ko‘rib chiqqandik. Raqib ham bizni o‘rgangani tabiiy. Jasur Hasanovni zaxirada qolishi uning jismoniy holati bilan bog‘liq. U to‘qqiz kun ichida uchta uchrashuvda maydonga tushdi. Har bir uchrashuvda rotatsiyalarni amalga oshirmoqdamiz. Bir qator vaziyatlardan foydalana olmadik. Nima ham derdim, bu — futbol. Vahimaga hojat yo‘q.

Elyor Orifov qanday jarohat olganini ko‘rmay qoldim. Barchasini tibbiy ko‘rikdan o‘tganidan keyin bilamiz. Umid qilamanki, ikki haftalarda safga qaytadi.

Transferlar oynasi vaqtida jamoani kuchaytirishni istagandik. Lekin to‘g‘risi hozir qo‘l ostimda ham kuchli futbolchilar jamlangan. Shu tarkibni saqlab qolib yoshlarni jalb qilamiz.

Nima uchun ikkinchi restartdan keyin natijalarimiz pasayib ketdi? Majburiy tanaffusda o‘yin ritmini yo‘qotib qo‘ydik deb o‘ylayman. “Nasaf”ga mag‘lub bo‘ldik, “Bunyodkor” bilan 3:3 durang o‘ynadik. O‘yidan-o‘yinga kuchayib boramiz.

Ulug‘bek Baqoyev, “So‘g‘diyona” bosh murabbiyi

“So‘g‘diyona” 12-turdan keyin 13 ochko to‘plagan holda 9-o‘rinda bormoqda. Jamoa keyingi turda “Surxon”ga qarshi o‘ynaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 14:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют