» » Hamidjon Aktamov: “Majburiy o‘zgarishdan keyin rejalarimiz o‘zgarib ketdi”

Hamidjon Aktamov: “Majburiy o‘zgarishdan keyin rejalarimiz o‘zgarib ketdi”


“Qizilqum” bosh menejeri Hamidjon Aktamov Coca-Cola Superliga 12-turi doirasida “So‘g‘diyona”ga qarshi kechgan o‘yindan (1:1) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Bu uchrashuvda ikki xil bo‘lim guvohi bo‘ldik. Birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik, gol ham urdik. Ikkinchi bo‘limda majburiy o‘zgarishdan keyin rejalarimiz o‘zgarib ketdi. “So‘g‘diyona” ham yaxshi jamoa. Hisob o‘yinga mos bo‘ldi, durang adolatli natija deb o‘ylayman.

To‘g‘risi, ikki jamoaga ham qiyin bo‘ldi. Bahsning 25-daqiqasida suv ichib olishga imkoniyat berilishi kerak edi. Bilmadim, nima uchun bu narsa bo‘lmadi? Natijada ikki jamoa ham qiynaldi. Baribir havo issiqlik qildi, ikki jamoaning ham o‘yin tempi bir xil bo‘ldi.

Yuqorida aytganimdek majburiy o‘zgarish rejalarimizga ta’sir qildi. Qadamboy Nurmetov o‘zi zaxiradan maydonga tushgandi, uni yana almashtirish bu hisobni ushlab qolish uchun harakat edi. Raqib hujumni kuchaytirdi, biz esa himoyani.

Sherali Jo‘rayevni Jasur Hasanovga qarshilik ko‘rsata olmadi deya olmayman. Aksariyat almashtirishlar majburan amalga oshirildi. Bu bilan Sherali Jo‘rayev yomon o‘ynadi degan fikridan yiroqman. Jasur Hasanov ham maydonga yangi kuch bilan tushdi. Taktikamiz bo‘yicha Sheralini oldinga chiqardik.

Hamitjon Aktamov, “Qizilqum” menejeri

“Qizilqum” 12-turdan keyin 9 ochko bilan musobaqa jadvalining 12-pog‘onasida bormoqda. Jamoa keyingi turda “Bunyodkor”ga qarshi o‘tkazadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 14:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют