» » “Mehr-shafqat va salomatlik” jamg‘armasi direktori bir necha kishi bilan 2,8 mlrd so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi

“Mehr-shafqat va salomatlik” jamg‘armasi direktori bir necha kishi bilan 2,8 mlrd so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi


O‘zbekiston “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat jamg‘armasi direktori va boshqa bir qator shaxslar jamg‘armaning 2,8 milliard so‘m mablag‘ini talon-toroj qilganligi aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura tomonidan ma’lum qilindi.

Xabar berilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat jamg‘armasi faoliyati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

“Jamg‘arma direktori M.A. va boshqalar oldindan til biriktirib, dori vositalari va tibbiyot uskunalarini qimmat narxlarda sotib olib, jamg‘armaning 2,8 milliard so‘m mablag‘larini talon-toroj qilgan”, — deyiladi Bosh prokiratura xabarida.

Mazkur holat yuzasidan jamg‘arma direktori M.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik” jamg‘armasi COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda fuqarolarni ruhan qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan. O‘zbekistonda pandemiya boshlanganidan buyon qator davlat idoralari, xususan, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosi, Davlat xavfsizlik xizmati, Prezident Davlat xavfsizlik xizmati, bir qator kompaniyalar mazkur jamg‘armaga o‘z xayriya mablag‘larini o‘tkazgan. Rossiyada istiqomat qiluvchi o‘zbek milliarderi Alisher Usmonov ham mazkur jamg‘armaga 20 million dollar mablag‘ o‘tkazib bergandi.

Bundan avval Qashqadaryo viloyati Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazida qariyb 918 million so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlangandi. Shuningdek, Navoiy viloyati Sanitariya va epidemiologiya osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobidan ajratilgan 500 million so‘mdan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanidagi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazini ta’mirlash ishlari jarayonida 189,2 million so‘m mablag‘ talon-toroj qilingan.

Namangan viloyat Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari 250 million so‘m mablag‘ni talon-toroj qilgan, shuningdek, mazkur SEOM iqtisodchisi 40 million so‘m pora bilan qo‘lga tushgan. Buxorodagi koronavirus bemorlari davolanayotgan shifoxonani ta’mirlashda 577 million so‘m talon-toroj qilingan. Andijon viloyati SEOMda 159 million so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 19:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют