» » Dunyoning eng boy odami Jeff Bezosning boyligi birinchi marta 200 mlrd dollardan oshdi

Dunyoning eng boy odami Jeff Bezosning boyligi birinchi marta 200 mlrd dollardan oshdi


Dunyoning eng boy odami Jeff Bezosning boyligi miqdori yangi rekord o‘rnatdi. U tarixda boyligi 200 milliard dollardan oshgan birinchi milliarderga aylandi. Bu haqda Forbes xabar berdi.

Amazon kompaniyasi asoschisining boyligi 25-avgust kuni bo‘lib o‘tgan savdolar chog‘ida qisqa vaqtga 200 milliard dollardan oshdi va yangi rekord o‘rnatdi.

Biroq rekord ko‘rsatkich uzoq vaqt saqlanib turmadi. 25-avgust savdolarining yopilishi chog‘ida uning boyligi miqdori 199,7 milliard dollarni tashkil qilgan.

Amazon asoschisi kompaniya aksiyalarining 11,1 foiziga egalik qiladi. Pandemiya boshidan buyon kompaniya aksiyalari 55 foizdan ko‘proqqa qimmatlagan. Bezosning boyligi bir yil ichida deyarli 86 milliard dollarga ko‘paygan.

Milliarder rafiqasi bilan ajrashmaganida, 200 milliard dollarlik marrani avvalroq zabt etishi mumkin edi. 2019-yilning iyul oyida Bezos 25 yillik turmushdan keyin rafiqasi Makkenzi Skott bilan ajrashdi va bu tarixdagi eng qimmat ajrashish bo‘ldi. Bezos Amazon’dagi ulushining chorak qismini, ya’ni to‘rt foizini rafiqasiga berdi. Hozirgi paytda Skottning boyligi 63,4 milliard dollar deb baholanadi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 22:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют