» » Sirdaryoda Coca-Cola olib ketayotgan yuk mashinasi ag‘darilib ketdi (video)

Sirdaryoda Coca-Cola olib ketayotgan yuk mashinasi ag‘darilib ketdi (video)


Sirdaryo viloyati hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 17-kilometrida 26-avgust, chorshanba kuni yuk mashinasi ag‘darilib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, YTH 26-avgust kuni kunning birinchi yarmida yuz bergan. Toshkent—Termiz yo‘nalishida harakatlanayotgan yuk mashinasi haydovchisining boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘l chetiga chiqib ketgan va ag‘darilgan.

Voqea joyiga Sirdaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari yetib borib, yuk mashinasining pachoqlangan salonida qolib ketgan haydovchini chiqarib olgan. Haydovchi Oqoltin tuman shifoxonasiga yotqizilgan, uning hayotiga hech qanday xavf yo‘q.

Voqea joyidan olingan videoda ag‘darilgan yuk mashinadan to‘kilgan Coca Cola ichimligi idishlarini ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 25-avgust kuni Jizzax viloyatida avtobusning tarvuz olib ketayotgan yuk mashinasiga urilishi oqibatida yuk mashina ag‘darilib, uning salonida bo‘lgan haydovchi va yo‘lovchi vafot etgandi.

Mavzuga doir: Qamchiq dovonida Isuzu yuk mashinasining yonib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 05:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют