» » Yangi Zelandiyadagi ikki masjidda 51 kishini o‘ldirgan “mergan” umrbod qamoq jazosiga hukm etildi

Yangi Zelandiyadagi ikki masjidda 51 kishini o‘ldirgan “mergan” umrbod qamoq jazosiga hukm etildi


Yangi Zelandiya sudi 2019-yilning martida Kraystcherch shahridagi masjidlarda otishma uyushtirib, 51 kishining umriga zomin bo‘lgan va yana 40 kishini jarohatlagan Brenton Tarrantni umrbod qamoq jazosiga hukm etdi, deb xabar beradi New Zealend Herald.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, sud qarori keyinchalik muddatidan oldin ozod etishni nazarda tutmaydi. Bu mamlakat tarixida shu turdagi qattiq jazoning birinchi bor qo‘llanilishi hisoblanadi.

Hukm e’lon qilinishidan oldin so‘z olgan Tarrant o‘zini irqchi yoki ksenofob deb hisoblashdan bosh tortgan. Tarrantning ta’kidlashicha, u o‘zini jamiyatda quvg‘in sifatida his qilgan va unga ziyon yetkazishga uringan. Shu bilan birga, sudlanuvchi o‘zining hujumi terakt ekanligiga qo‘shilgan.

Yangi Zelandiyada joylashgan ikki masjiddagi otishma 2019-yilning 15-mart kuni sodir bo‘lgandi. Tarrant “Al-Nur” hamda “Linvud” masjidiga hujum uyushtirib, uni Facebook orqali translyatsiya qilgan.

Avvalroq 29 yoshli avstraliyalik ikkita masjidda jinoyat sodir etganiga iqror bo‘lgani, advokat xizmatidan voz kechgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Yangi Zelandiyadagi masjidda otishma qanday yuz berdi? (fotoreportaj)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 12:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют