» » Andijon Paxtakor oyini bekor qilindi. Andijonliklar moliyaviy muammolar sabab Toshkentga kela olmadi

Andijon Paxtakor oyini bekor qilindi. Andijonliklar moliyaviy muammolar sabab Toshkentga kela olmadi


Coca-ColaSuperligasi 13-turidan orin olgan Andijon Paxtakor oyini Andijon klubidagi moliyaviy muammolar sabab bekor qilindi. Bu haqda Professional futbol ligasi xabar berdi.

Andijon futbol klubi moliyaviy qiyinchiliklar sabab Paxtakor bilan uchrashuvga yetib kela olmasligi boyicha xat yolladi. Shu boisdan 27-avgust kuni bolib otishi kerak bolgan uchrashuvda Paxtakor jamoasiga texnik galaba yoziladi deyiladi xabarda.

Qayd etish joiz, 26-avgust, chorshanba kuni Andijon U-21 jamoasi moliyaviy qiyinchiliklar sabab Paxtakor U-21 bilan uchrashuvga yetib kela olmasligi boyicha xat yollagandi. Shundan song PFL Andijon yoshlariga texnik maglubiyat yozilgandi.

Avvalroq ayrim manbalar tomonidan AndijonPaxtakor uchrashuvi otkazilmasligi, boisi andijonlik futbolchilarning uch oydan beri maosh olmayotgani va hatto otgan yildan qolib ketgan qarzlar ham borligi haqida xabarlartarqatilgan. Shundan song Tribuna.uz nashri Andijon futbol klubi tarqalib ketishi mumkinligi haqida xabar qilib, klub xodimlaridan birining quyidagi gaplarini elon qildi:

Klub bankrotlik elon qilyapti. Bugun orinbosarlar tarkibi, ertaga asosiy jamoa Paxtakor bilan oynashi kerak edi. Jamoamiz otgan tur oyinidan keyin Toshkentda edi. Osha yerda mashinalarni chaqirib, futbolchilarni uylariga tarqatib yubordik. Orinbosarlar jamoasi ham otgan tur oyiniga zorga borib kelgan edi. Yolda haydovchilar ularni bepul olib ketishdan tashqari ovqat pullarini ham ozlari berishgandi. Endi Paxtakor bilan oynash uchun jamoaning ozi yoq. Hozir hamma hayron. Bu yil hisobidan GM tomonidan aytarli pul berilmadi. Bu yil hisobidan 2 milliard somdan ozgina oshiqroq pul berildi, xolos. Biroq 8 oyga buncha pul hech narsa bolmaydi-da!

Takidlash joiz, Musobaqalar otkazish reglamentining 8.7 bandiga muvofiq, U-21 jamoasi yana bir uchrashuvga uzrli sababsiz yetib kela olmasa, klubning asosiy tarkibi ham OzPFL Ijroqomi qarori asosida musobaqalardan chetlashtirilishi mumkin.

Malumot uchun, Andijon 12-turdan keyin 6 ochko bilan musobaqa jadvalida 13-orindan joy olgan. Toshkentliklar esa 31 ochko bilan 1-pogonada bormoqda.

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @Daryo_Sport24ga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (27-08-2020, 12:25)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -