» » Rossiyadan yana 927 o‘zbekistonlik poyezdda Namanganga olib kelindi

Rossiyadan yana 927 o‘zbekistonlik poyezdda Namanganga olib kelindi


Rossiyaning Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridan 927 nafar o‘zbekistonlik poyezd orqali mamlakatga olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyaning Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridan olib kelish uchun Toshkent–Rostov-Don–Toshkent temiryo‘l reysini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi.

Rossiya va Qozog‘iston tomoni bilan kelishuvga binoan, 23-avgust kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ poyezdi 927 nafar fuqaro bilan “Pervomayskaya” stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nagan. Mazkur poyezd 27-avgust kuni Namangan viloyatiga yetib keldi.

Qayd etilishicha, ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar viloyat transport boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan avtobuslarda karantin zonalariga yetkazilgan.

Avval ham Respublika maxsus komissiyasi qaroriga asosan Rossiyaning Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun Toshkent—Rostov-Don—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha temiryo‘l reysi tashkil qilingan. 10-avgust kuni Gnilovskaya—Toshkent yo‘nalishida harakatlanishni boshlagan poyezd 13-avgust kuni 918 nafar fuqaroni O‘zbekistonga olib kelgan.

9-avgustda Rossiyadan poyezdda olib kelingan 918 nafar o‘zbekistonlik Namangandagi karantin zonasiga joylashtirilgan. Shuningdek, shu kuni boshqa bir poyezd Samaradan Samarqandga o‘zbekistonliklarni olib kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 15:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют