» » NASA ayollarning Oy yuzasiga chiqish muddatini e’lon qildi

NASA ayollarning Oy yuzasiga chiqish muddatini e’lon qildi


NASA’ning Oyni tadqiq etish borasidagi Artemis (“Artemida”) dasturi doirasida bir necha yildan so‘ng ayol-astronavt Yerning tabiiy yo‘ldoshi yuzasiga qo‘nishi mumkin. Bu haqda AQSh Kosmik agentligi direktori Jim Braydenstaynga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

“2024-yilda Oyga astronavt (ayol va erkak)larni qo‘ndirish ushbu maqsadga erishish yo‘lida barcha amerikaliklarni ilhomlantira olishimizga bog‘liq”, — deydi NASA rahbari.

Shu bilan birga, Braydenstayn yuqorida nomi tilga olingan dasturning to‘q qizil-oltin rangli emblemasini taqdim etib, bu ayollar huquqlari harakatining ranglari ekanligini eslatib o‘tgan.

“Oydagi tadqiqot dasturimiz ayollarning kosmos tadqiqotiga qo‘shadigan hissasiga asoslangan. Biz NASA’ning kosmosga uchgan ayol-xodimalariga, shuningdek, kelajakdagi tadqiqotchilarida minnatdorchilik bildiramiz”, — deydi Kosmik agentlik direktori.

Avvalroq NASA va Yaponiya AQShning Oyni zabt etish borasidagi “Artemida” dasturi bo‘yicha hamkorlikda ishlash to‘g‘risidagi kelishuvni imzolagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 15:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют