» » Superliga. “Nasaf” “Lokomotiv” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi

Superliga. “Nasaf” “Lokomotiv” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 13-turida “Lokomotiv” jamoasi 27-avgust, payshanba kuni “Nasaf”ga qarshi bahs yuritdi.

Uchrashuvning 10-daqiqasida Bobur Abduxoliqov qarshiliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 26-daqiqada Sharof Muhitdinov ikkinchi golni urdi.

Ikkinchi bo‘limda ham “ajdarlar” ikki bor “Lokomotiv” darvozasiga yo‘l topa oldi. 63-daqiqada Oybek Bozorov maydon markazidan tezlik olib darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. 71-daqiqada Islom Kenjaboyev yakuniy hisobni o‘rnatdi — 0:4.

Shu tariqa ushbu g‘alabadan keyin “Nasaf” ochkolarini 23 taga yetkazib olgan holda 3-o‘ringa ko‘tarildi. “Temiryo‘lchilar” (12) esa hozircha 10-o‘rinda qolmoqda.

Coca-Cola Superliga

13-tur bahsi

27-avgust, payshanba

Gollar: 0:1 – 10 Abduxoliqov, 0:2 – 26 Muhitdinov, 0:3 – 63 Bozorov, 0:4 – 71 Kenjaboyev.

“Lokomotiv”: Javohir Ilyosov, Davron Umirov (Avazbek O‘lmasaliyev 11), Kaxi Maxaradze (Javohir Alijonov 81), Vadim Afonin, Marat Bikmayev (Shahzod Shaymanov 81), Temurxo‘ja Abduxoliqov, Dilshodjon Komilov, Shuhrat Muhammadiyev, Sherzod Fayziyev, Diyor Turopov, Farruh Ibrohimov (Slavko Damyanovich 32).

Nasaf”: Abduvohid Ne’matov, Husniddin Aliqulov, Dilshod Saitov, Bobur Abduxoliqov, Sharof Muhitdinov, Husain Norchayev (Islom Kenjaboyev 68), Akmal Mozgovoy (Murodbek Xo‘jamberdiyev 84), Sherzod Nasrullayev (Dilshod Rahmatullayev 73), Oybek Bozorov (Faysal Traore 84), Marko Stanoyevich (G‘olib G‘aybullayev 68), Umar Eshmurodov.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 20:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 14) ( 0) ( 13) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют