» » Putin koronavirusga qarshi vaksinani olgan qizi ozini yaxshi his qilayotganini malum qildi

Putin koronavirusga qarshi vaksinani olgan qizi ozini yaxshi his qilayotganini malum qildi


Rossiya prezidenti Vladimir Putinning malum qilishicha, uning qizi koronavirusga qarshi Rossiyada yaratilgan vaksinaning sinovida kongilli sifatida qatnashgan va oz kasbidan kelib chiqib, qarorni ozi qabul qilgan. Putin qizlaridan biri koronavirusga qarshi vaksina bilan emlangani haqida mazkur vaksinaning royxatdan otkazilganini malum qilish chogida aytgandi, deb yozmoqda Interfaks.

Putinning sozlariga kora, uning qizi ish yuzasidan koplab odamlar bilan muloqot qiladi. Yaxshi ishlash uchun ozining himoyalanganini his etish kerak, deya malum qilgan Putin.

Vaksina qabul qilinganidan keyin birinchi kuni prezidentning qizida tana harorat 38,4 darajaga kotarilgan, ikkinchi kuni esa harorat 37 darajaga tushgan, unda koronavirusga qarshi antitanalar shakllangan.

21 kundan keyin qilingan ikkinchi emlashdan song ham harorat biroz kotarilgan, biroq hammasi joyida. Men u bilan faqat telefonda gaplashdim. U ozini yaxshi his qilyapti, xudoga shukur, degan Rossiya prezidenti.

Gap Rossiya Sogliqni saqlash vazirligi huzuridagi Gamaleya instituti tomonidan yaratilgan Sputnik V vaksinasi haqida borgan. Hozirda mazkur vaksinaning klinik sinovlari davom etmoqda. Vaksina Gamaleya instituti va Binnofarm kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

Institut direktori Aleksandr Gintsburgning aytishicha, u kongillilar orasida prezidentning qizini tanimagan.

Putinning qoshimcha qilishicha, sentabr oyida Novosibirskdagi Vektor ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan yaratilgan ikkinchi Rossiya vaksinasi paydo bolishi kerak. Prezidentning fikricha, ikkala vaksina ham bir xilda xavfsiz va samarali boladi hamda ozaro raqobat qiladi.

AvvalroqRossiyada gripp va koronavirusga qarshi yagona vaksina yaratilayotgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib otamiz, Rossiyaning Gamaleya instituti tomonidan yaratilgan vaksina 11-avgust kuni vaqtinchalik royxatdan otish guvohnomasini oldi.Vaksina toliq samaradorlik tadqiqotini otkazish sharti bilanroyxatdan otkazilganva guvohnoma 2021-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi. Rossiyada koronavirusga qarshi ushbu vaksinani ommaviy qollash oktabr oyidanboshlanadi.

Rossiyaning farmatsevtika kompaniyalari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini birlashtirgan Klinik tadqiqotlar tashkilotlari assotsiatsiyasi Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya markazida ishlab chiqilgan vaksina yetarlicha sinovdan otkazilmagani uchun uni royxatdan otkazishni kechiktirishgachaqirgandi. Bunga javoban Rossiyaning Sogliqni saqlashni nazorat qilish federal xizmati (Roszdravnadzor) ushbu vaksina bilan bir necha yuzlab kongillilar emlangani va ularda vaksinaga nisbatan jiddiy nojoya tasirlar kuzatilmaganinimalum qilgan. Shuningdek, Rossiya Sogliqni saqlash vazirligining shtatdan tashqari bosh epidemiologi Nikolay Briko COVID-19ga qarshi vaksinani yaratishda adenovirus asosida bir xil texnologiya ishlatilganini, shuning uchun bu holda u qayta korib chiqishga, kechiktirishga muhtoj emasliginibildirgan.

Britaniyaning Reding universiteti virusologiya professori Ien Jonsning bildirishicha, uchinchi bosqich sinovlaridan otmagan koronavirusga qarshivaksinani qabul qilish natijasida virusmutatsiyaga uchrab, yangi shtammni hosil qilishi, u esa keyinchalikboshqa barcha vaksinalarni ham chetlab otadigan bolishi ehtimoldan xoli emas.

Rossiyada mazkur vaksinani ommaviy ravishda qollash 2020-yiloktabr oyidanboshlanadi. Emlash bilan bir vaqtda vaksinaning klinik tadqiqotlarining uchinchi fazasi ham olib boriladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (27-08-2020, 23:55)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -