» » Namanganda hokimlik mansabdori nomini sotib, yer maydonini rasmiylashtirib berish uchun 10 ming dollar talab qilgan shaxs qo‘lga olindi

Namanganda hokimlik mansabdori nomini sotib, yer maydonini rasmiylashtirib berish uchun 10 ming dollar talab qilgan shaxs qo‘lga olindi


Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi ayol 2020-yil 20-avgust kuni viloyat ichki ishlar boshqarmasiga firibgarlik holatiga duch kelgani yuzasidan ariza bilan murojaat qildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Murojaatdan ma’lum bo‘lishicha, 2019-yil aprel oyida ayol Chortoq tumanida yashovchi shaxs bilan tanishib qoladi. U ayolga tumanda o‘ziga tegishli bo‘lgan MChJ borligi, uning qoshida bog‘cha qurish uchun 35 sotix yer maydoni bo‘lib, uni sotmoqchi ekanligini aytadi. Ayol 50 million so‘m evaziga yerni sotib oladi.

Biroq oradan shuncha vaqt o‘tsa ham yerni rasmiylashtirish ishlari cho‘zila boshlaydi. Kutaverib sabri qolmagan ayol ishni oxiriga yetkazish nima qilish kerakligini so‘raydi.

Oson yo‘l bilan boylik orttirishni ko‘zlagan shaxs ayolga Chortoq tuman hokimining o‘rinbosari bilan gaplashgani, hokim o‘rinbosari MChJ va bog‘cha uchun ajratilgan yerni nomiga rasmiylashtirish uchun 7000 dollar so‘ragani, o‘zining xarajatlari uchun 3000 dollar ketishi, jami 10 ming dollar berishi kerakligini aytadi.

Firibgar tuzog‘iga tushganini payqagan ayol IIBga murojaat qiladi. Arizaga asosan viloyat IIB JQB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Chortoq tumanidagi tamaddixonalardan birida ayol mazkur shaxs bilan uchrashib, u so‘ragan pullarni berayotgan vaqtida fuqaro qo‘lga olindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Chortoq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 07:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют