» » “Barselona” shartnoma muddatidan avval bekor qilinsa, Luis Suaresga qancha tovon puli to‘lashi ma’lum bo‘ldi

“Barselona” shartnoma muddatidan avval bekor qilinsa, Luis Suaresga qancha tovon puli to‘lashi ma’lum bo‘ldi


“Barselona” forvardi Luis Suares jamoani tark etishga yaqin turibdi.

Jurnalist Janluka di Martsioning yozishicha, 33 yoshli urugvaylik futbolchi agar katalon klubi shartnomani muddatidan oldin bekor qiladigan bo‘lsa, 25 million yevro miqdoridagi tovon puli olishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona”ning yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman Suaresning xizmatlaridan voz kechgandi.

Shundan so‘ng unga bir qator klublar, xususan, “Yuventus”ning jiddiy qiziqish bildirgani ta’kidlandi.

Ma’lumot uchun, Suares La Liga 2019/20-yilgi mavsumida 28 o‘yin o‘tkazib, 16 gol va sakkizta golli uzatmaga mualliflik qildi. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2021-yil iyunida o‘z nihoyasiga yetadi.

Mavzuga doir: Lionel Messi “Barselona”ni tark etishga qaror qildi. Uning bu qarorga kelishiga nima sabab bo‘lgani ham ma’lum



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 13:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют