» » Rossiyada 2020-yilda bolalarni koronavirusga qarshi emlash o‘tkazilmaydi

Rossiyada 2020-yilda bolalarni koronavirusga qarshi emlash o‘tkazilmaydi


Rossiyada 2020-yilda bolalar uchun koronavirusga qarshi vaksina paydo bo‘lmaydi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko 28-avgust, juma kuni Butunrossiya ota-onalar majlisida ma’lum qildi, deb yozmoqda “Interfaks”.

Uning qayd etishicha, shifokorlar vaksinani kuzatish va o‘rganishni davom ettirmoqda. “Mamlakatimiz bolalari uchun qo‘shimcha sinov va tadqiqotlar o‘tkazamiz. Vaksinaning bolalar organizmiga ta’siri haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lganimizdan keyin bu masalani ko‘rib chiqamiz”, — deya ma’lum qilgan Murashko.

Vazirning qayd etishicha, bolalarda ko‘pincha virus belgilarsiz o‘tadi, biroq alohida e’tibor qaratish kerak bo‘lgan bolalar guruhlari mavjud.

“Ular — qandli diabetdan aziyat chekadigan bolalar. Bu xavf guruhi bo‘lib, ular uchun profilaktika tadbirlari kompleksini tavsiya qilamiz. Qanday qoida va tavsiyalarga amal qilish haqida davolovchi shifokoringiz bilan maslahat qilish kerak”, — dedi Murashko.

Shuningdek, vazir ortiqcha vaznli bolalarga alohida e’tibor qaratishni so‘ragan, ular qo‘shimcha xavf guruhi hisoblanadi.

“Albatta, bir qator surunkali kasalliklar ham bola uchun qo‘shimcha xavfni yuzaga keltirishi mumkin, xususan, ular ehtimoliy immunosupressiv holatlar va revmatoid kasalliklar”, — deya aniqlik kiritdi Murashko.

Vazirlik rahbari bunday bolalarning ota-onalariga ularni maktabga jo‘natishdan oldin shifokor maslahatlari va tavsiyalarini olishi kerakligini aytdi.

Vazirning eslatishicha, ayni paytda katta yoshlilar uchun COVID-19’ga qarshi vaksinaning qo‘shimcha sinovlari o‘tkazilmoqda, uning samaradorligi va xavfsizligi masalasi tadqiq qilinmoqda.

“Tibbiyot xodimlari va pedagoglar ustuvor guruhga kiradi. Ularga koronavirusga qarshi emlash taklif qilinadi. Maktablarda turli yoshdagi o‘qituvchilar ishlagani sababli, birinchi navbatda, katta yoshli pedagoglarga emlash olishni tavsiya qilamiz”, — deya qo‘shimcha qilgan Mixail Murashko.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirusga qarshi yaratilgan birinchi vaksina “Sputnik V”ni olgan qizi o‘zini yaxshi his qilayotganini ma’lum qilgandi.

Shuningdek, “Rospotrebnadzor”ning “Vektor” davlat ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirus infeksiyasiga qarshi ikkinchi vaksinaning klinik sinovlari ikkinchi bosqichi yakuniga yetkazilishi bilan guvohnomaga ega bo‘lishi mumkinligi xabar qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 21:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют