» » Infeksiya bo‘lmasa ham tana haroratining ko‘tarilish sababi nimada?

Infeksiya bo‘lmasa ham tana haroratining ko‘tarilish sababi nimada?


Tana haroratining ko‘tarilishi organizmda qandaydir o‘zgarish borligidan darak beruvchi signallardan biri hisoblanadi. Shifokorlar boshqa alomatlar kuzatilmagan taqdirda ham to‘satdan harorat oshishi va ma’lum vaqt davomida tushmasligi kuzatilsa, darhol tibbiyot xodimlariga murojaat qilish zarurligini ta’kidlaydi. Aksari hollarda tana harorati yallig‘lanish va infeksiya bo‘lganda kuzatiladi lekin, ayrim hollarda boshqa sabablar bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ushbu sabab qanday ehtimollar bilan bog‘liqligi haqida “Domashniy Ochag” ma’lumot beradi.

Jiddiy bo‘lmagan sabablarga ko‘ra

Tana haroratining 38 gacha ko‘tarilishi sovuq urishiga, kuyish, quyosh nurida uzoq vaqt bo‘lish hatto issiq dush qabul qilishga organizmning javob reaksiyasi bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda organizmda termoregulratsiya buziladi va harorat ko‘tarilib ma’lum vaqt davomida yuqori bo‘lib turishi kuzatiladi. Bundan tashqari tana harorati qo‘rquvdan, asabiylashish va boshqa salbiy emotsiyalarni his qilinganda, shuningdek, spirtli ichimlik iste’molidan keyin ham ko‘tarilishi mumkin.

Xavfli bo‘lmagan sabablar

Ba’zi hollarda harorat ko‘tarilishi bilan birga boshqa simptomlar ko‘zga tashlanmasa bu sog‘lik uchun xavf tug‘dirmasligi mumkin. Masalan, vegitativ qon-tomir distoniyasida harorat 38 darajagacha ko‘tariladi, shuningdek, qattiq jismoniy zo‘riqish, sport mashqlaridan keyin ham ko‘tarilishi mumkin.

Stress sabab bo‘lishi mumkin

Xolsizlik, boshda og‘irlik va tuman bordek, tushkunlik his etilganda tana harorati ko‘tarilishining sababi termonevroz bilan bog‘liq bo‘lishi ehtimoli katta. Bunga siz boshdan kechirgan stress yoki haddan ortiq zo‘riqish sabab bo‘lishi mumkin.

Jiddiy sabablar

Ba’zida tana harorati ko‘tarilishi organizmda rivojlanayotgan jiddiy kasallikdan darak bo‘lishi mumkin. Endokrin kasalliklar, o‘simta, limfoma, zamburug‘li infeksiya, bakterial kasalliklar — sepsis, meningit, prostatit, sinusit, tonzillit va yallig‘lanishlar shular jumlasidan.

Tana harorat besabab ko‘tarilganda nima qilish kerak?

Shifokorga murojaat qiling va jiddiy kasallik bor yoki yo‘qligiga amin bo‘lish uchun umumiy qon va siydik tahlilini topshiring. Natija organizmda yallig‘lanish va boshqa salbiy jarayonlar mavjud yoki yo‘qligini aniqlashga yordam beradi. Shifokor ko‘rsatmasiga binoan ichki a’zolarni ultratovush orqali yoki boshqa usullardan foydalangan holda tekshirish ham mumkin. Nima bo‘lganda ham sog‘lig‘ingizga e’tiborsiz bo‘lmang.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2020, 13:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют