» » Fyodor Yemelyanenkoning murabbiyi koronavirusdan vafot etdi

Fyodor Yemelyanenkoning murabbiyi koronavirusdan vafot etdi


Rossiyalik og‘ir vaznli yakkakurashchi Fyodor Yemelyanenkoning murabbiyi Vladimir Voronov koronavirus asoratlari tufayli vafot etdi. Bu haqda “Sports.ru” nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Voronovda ilgari yurak va qon bosimi borasida muammolar bo‘lgan. Shu bilan birga unda qondagi qand miqdori oshib ketgan.

Vladimir Voronov 55 yoshida Abakan shahrida vafot etdi. Ta’kidlanishicha, u vafot etguniga qadar bir hafta davomida nafas olish apparatiga ulangan holda, reanimatsiya yotgan.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyida UFC jangchisi Habib Nurmagomedovning otasi va murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedov ham koronavirus asoratlari tufayli hayotdan ko‘z yumgandi.

Ma’lumot uchun, Fyodor Yemelyanenko hozirga qadar MMA’da 46 ta jang o‘tkazib, ularning 39 tasida g‘alaba qozongan va olti bor mag‘lubiyatga uchragan. Yana bitta jangi bekor qilingan.

Afsonaviy Fyodor Yemelyanenko ijrosidagi top-5 nokaut (video)

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 14:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют