» » Farg‘ona viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Farg‘ona viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi


Farg‘ona viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Umarov boshqa ishga o‘tayotganligi sababli vazifasidan ozod etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘iga asosan Husan Mamajonov viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Husan Mamajonov mazkur tayinlovga qadar Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan.

52 yoshli Husan Mamajonov 1993-yilda Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlab, tibbiyot tizimida turli vazifalarda ishlagan. Xususan, u Farg‘ona viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i, shuningdek, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Avvalroq Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Botir Isabekov lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 18:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 81) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют