» » JSST Shvetsiyaning koronavirusga qarshi strategiyasini boshqa mamlakatlarga namuna qildi

JSST Shvetsiyaning koronavirusga qarshi strategiyasini boshqa mamlakatlarga namuna qildi


Shvetsiyaning koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash sifatida yumshoq cheklovlarni joriy etish strategiyasi, uzoq muddatli istiqbolda, boshqa mamlakatlar uchun namuna bo‘lishi lozim. Bu haqda JSSTning maxsus vakili doktor Devid Nabarro Yangi Zelandiyaning Magic radiostansiyasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat va aholi o‘rtasidagi ishonch COVID-19’ni mag‘lub etishning kalitidir. Bu borada “hukumat jamiyatga, jamiyat esa hukumatga ishona olgan” Shvetsiyani misol tariqasida keltirdi.

Mavzuga doir: Shvetsiyalik olim karantinsiz rejim ko‘proq odamlarni koronavirusdan saqlab qolishi mumkinligini bildirdi

Nabarro ushbu davlat hukumatining koronavirus tarqalishiga qarshi kurashdagi yondashuvini haq yo‘l va xalq tomonidan to‘g‘ri qabul qilingan deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Stokgolm fuqarolarning vijdoniga tayangan va qat’iy karantin choralarini ko‘rmagan. Boshqa mamlakatlar ham kelajakda shunday siyosatga amal qilishi lozim.

JSST maxsus vakilining fikricha, qat’iy karantin — bu fuqarolar va kichik biznes daromadlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan “qo‘pol vosita”.

Iyun oyida Yangi Zelandiya hukumatining ilmiy maslahatchisi, professor Maykl Beyker Shvetsiya hukumati COVID-19 kasalligiga qarshi kurash uchun qattiq karantin choralarini qo‘llashdan bosh tortib xatoga yo‘l qo‘ygan deb aytgandi. Undan avval Italiyaning Padua universiteti molekulyar tibbiyot kafedrasi professori, virusolog Andrea Krisanti Shvetsiya va Belarusning koronavirus bo‘yicha strategiyasini oqilona bo‘lmagan qaror deb atagan edi.

Shvetsiyaning bosh epidemiologi Anders Tegnell birinchi marta omma oldida u tomonidan taklif qilingan koronavirusga qarshi kurash strategiyasi xato bo‘lganini va juda ko‘p o‘limga olib kelganini tan olgan.

Mavzuga doir: Koronavirusga qarshi qat’iy cheklovlar joriy etishdan voz kechgan Shvetsiya jiddiy iqtisodiy qiyinchilikka duch keldi

Keyinchalik, Bloomberg suhbatlashgan ekspertlar, Shvetsiya iqtisodiyoti hukumatning 2020-yil fevral—may oylarida qattiq cheklov choralaridan bosh tortishidan ko‘proq yutdi degan xulosaga kelgan. Capital Economics mutaxassisi Devid Okslining fikricha, Shvetsiya YaIMi 7 foizga qisqarishi kutilmoqda, Yevropaning boshqa mamlakatlari iqtisodiyoti esa 30 foizgacha tushganini ko‘rsatmoqda.

Iyul oyida Shvetsiya hukumati mamlakatda COVID-19 epidemiyasiga qarshi amalga oshirilgan chora-tadbirlarni taftish qilish bo‘yicha komissiya tuzgandi. Komissiya koronavirusga qarshi markaziy va mahalliy hukumat tomonidan ko‘rilgan choralar va shvedlarning cheklovlarga qay darajada amal qilganini o‘rganadi. Bundan tashqari, komissiya Shvetsiyaning epidemiyaga qarshi boshqa mamlakatlarga nisbatan qanchalik darajada kurasha olganiga ham baho beradi.

Jons Hopkins’da keltirilgan 1-sentabrdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Shvetsiyada 84 mingdan ortiq kishi koronavirusga chalingani qayd etilgan. Ularning 5,8 ming nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 13:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют