» » Superliga. “Paxtakor” safarda “Navbahor” bilan durang o‘ynadi

Superliga. “Paxtakor” safarda “Navbahor” bilan durang o‘ynadi


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliganing 14-turida “Paxtakor” 1-sentabr, seshanba kuni “Navbahor” maydonida mehmon bo‘ldi.

Uchrashuvning dastlabki bo‘limida mehmonlar hujumlarda faol bo‘ldi. Uchrashuvning 12-daqiqasida Igor Sergeyev “sherlar”ni oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘limda maydon egalari ham bosimni oshirdi. 73-daqiqada Aziz Turg‘unboyev namanganliklarning tezkor hujumini gol bilan yakunladi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

“Paxtakor” 35 ochko bilan peshqadamlikda davom etmoqda. “Navbahor” (20) esa 7-o‘rindan joy olgan.

Coca-Cola Superliga

14-tur bahsi

1-sentabr, seshanba

Gollar: 0:1 – 12 Sergeyev, 1:1 – 73 Turg‘unboyev.

“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, G‘iyos Komilov, Ivan Solovyov (Akram Bahritdinov, 83), Aziz Turg‘unboyev, Sardar Telyakov, Davron Hoshimov, Igor Golban, Tohirjon Shamsitdinov (Xurshidbek Muxtorov, 46), Abbos G‘ulomov (Islom Isoqjonov, 46), Pavel Golishev (Ruslan Bolov, 69), Zabihillo O‘rinboyev (Islom Rashidxonov, 83).

“Paxtakor”: Eldorbek Suyunov, Hojiakbar Alijonov, Anzur Ismoilov, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Igor Sergeyev (Eren Derdiyok, 80), Yegor Krimets, Dostonbek Hamdamov (Javohir Sidiqov, 74), Odiljon Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jayev, Farruh Sayfiyev.

Ogohlantirishlar: Ismoilov (52), Golban (54), Hamdamov (57), Hamrobekov (80).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 21:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 55) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют