» » Haqiqiy iblis va sehrlangan o‘rmon: yovvoyi tabiatning hayratga soluvchi kadrlari (foto)

Haqiqiy iblis va sehrlangan o‘rmon: yovvoyi tabiatning hayratga soluvchi kadrlari (foto)


Hakamlar hay’ati Australian Geographic Nature Photographer of the Year 2020 tanlovining g‘oliblarini e’lon qildi. Avstraliya, Yangi Zelandiya, Antarktida va Yangi Gvineya tabiatini o‘rganayotgan laureatlarning hayajonli kadrlari “RIA Novosti” fotolentasida eks etdi.

Gran-pri 2019-yilning noyabr oyida Avstraliyani qamrab olgan va millionlab gektar maydonlarni yo‘q qilgan halokatli o‘rmon yong‘inlarini suratga olgan Ben Blanshga topshirildi.

Possum kunduzi qoya toshlar orasida yashirinadi, faqatgina kechalari o‘zining teshigidan chiqishi mumkin. Ammo bir kuni jonivor adashib kunduzi chiqqan va shu zahoti Metta Klensining tasviriga muhrlangan.

Charlz Devis qorli “Fila dunyosi” surati uchun “Monoxrom” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

“Hayvonlarning xatti-harakati” nominatsiyasi bo‘yicha Aleks Kiddning dengiz tubida hayratlanarli juftlikning birgalikdagi o‘yini aks etgan surati loyiq deb topildi.

Tasmaniya iblisi ? xavfli hayvon, juda ko‘rkam emas, ammo o‘taketgan vahshiy. Yirtqich bilan uchrashish yaxshilikka olib kelmaydi. Lekin Jasmin Vink iblisdan qo‘rqmadi va “Yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan turlar” nominatsiyasida mukofotni qo‘lga kiritdi.

Tog‘larda yorug‘lik va soya o‘yinlarini mahorat bilan yetkazishga muvaffaq bo‘lgan Karl Strand “Peyzaj” nominatsiyasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.

Ekzotika uchun uzoqqa borish shart emasligini Itan Mann o‘z ishi bilan isbotladi. Fotosurat qahramoni – dam olish uchun har kuni bir xil sevimli shohobchaga qaytib keladigan ari. Suratkash “Portfolio” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.

Yari Kornelis “Hayvonlarning yashash muhiti” nominatsiyasida “Po‘rtana ajdari” surati bilan raqiblarga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

“Hayvonlar xatti-harakati” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan Richard Robinson dengiz jonivorlari guruhini urug‘lantirish paytida suratga oldi.

“Meni unutma” surati bilan Dug Gimesi “Bizning ta’sirimiz” nominatsiyasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.

“Sehrlangan o‘rmon” surati bilan Kevin De Vre “Botanika” nominatsiyasi uchun loyiq ko‘rildi.

“Hayvon portreti” nominatsiyasi bo‘yicha Richard Robertson “Dengiz qoploni” surati bilan g‘olib bo‘ldi.

Richard Robinsonning yurakni larzaga keltiruvchi kadri “Bizning ta’sirimiz” e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

“Latif va yashil” surati yoshlar toifasida Tess Poynerga g‘oliblikni olib keldi.

Damper yarimorolining qahraton tabiati nafaqat Met Bitsonni, balki hakamlar hay’atini ham hayratga soldi va “Peyzaj” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 13:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют