» » Ikkita ekranga ega LG Wing smartfoni 14-sentabr kuni taqdim etiladi (video)

Ikkita ekranga ega LG Wing smartfoni 14-sentabr kuni taqdim etiladi (video)


LG kompaniyasi ikkita ekranga ega noodatiy smartfoni — LG Wing 14-sentabr kuni taqdim etishini ma’lum qildi, deb xabar beradi IXBT.

Mish-mishlarga ko‘ra, qurilmaning asosiy ekran diagonali 6,8 dyuymni tashkil etadi, kvadrat ko‘rinishidagi ostki ekran diagonali esa 4 dyuymga teng. LG Wing bir kristalli Snapdragon 765 yoki 765G tizimi bazasida ishlaydi. Asosiy kameraga 64 megapikselli datchik o‘rnatiladi.

Qo‘shimcha displeyda klaviatura, shuningdek, asosiy ekrandagi kontentga bog‘liq qo‘shimcha ma’lumotlar tasvirlanishi mumkin. Masalan, kichkina ekranda surat yoki videoroliklarni tahrirlash sozlamalari o‘rin oladi. Bundan tashqari, asosiy ekran orqali navigatsiya ilovasini ishga tushirish, ikkinchi ekran orqali esa qo‘ng‘iroqlarga javob berish yoki musiqa tinglash mumkin bo‘ladi. Shu bilan birgan, YouTube orqali to‘liq ekranli videolarni ko‘rish qo‘shimcha displeyda izohlarni o‘qish mumkin.

Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, qurilma 850 dollar atrofida sotuvga chiqadi.

Avvalroq LG ming dollar evaziga noyob smartfon taqdim etishga tayyorlanayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: LG o‘zini bakteriyalardan tozalash funksiyasiga ega simsiz naushniklarni 149 dollardan sotuvga chiqardi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 19:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют